Qurbonlarning jami soni – töqqiz nafarni taşkil etmoqda: hujum uyuştirgan ösmir, uning bobosi va buvisi, maktabdagi uç nafar öqituvçi va uç nafar öquvçi, deyiladi AFP agentligi politsiyaçilarga tayanib bergan xabarda.

Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Pattan Prompxat esa maktabda halok bölganlarning barçasi öqituvçilar bölgani va qurbonlar soni beş nafarligini aytgan. Şu tariqa, uning versiyasiga köra, jami qurbonlar soni sakkiz nafar çiqmoqda: beş nafar öqituvçi, hujum uyuştirgan ösmir, uning bobosi va buvisi.

Dastlabki xabarlarda jabrlanganlardan ikki nafari oğir ahvolda ekani aytilgandi. Öquvçilar hamda maktab xodimlari evakuatsiya qilingan. Favqulodda xizmatlar tomonidan tarqatilgan fotosuratlarda bir kişi tez yordam yaqinidagi zambilda yotgani, yana bir kişiga şifokor tibbiy yordam körsatayotgani aks etgan. Reuters agentligi yozişiça, yaradorlar maşinalarga olib çiqilganida öqituvçilar bir-birini bağriga bosib yiğlaşgan. Içki işlar örinbosari Polapi Suvunçvi mahalliy Thai PBS telekanaliga bergan intervyusida qurbonlar orasida öqituvçilar ham, öquvçilar ham borligini aytgan.

Mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 10 atrofida (Toşkent vaqti bilan soat 8:00) Bangkokdan şimoldagi Nontxaburi provinsiyasining Bang-Kruay okrugida joylaşgan Txepsirin maktabida öquvçilarga qarata öt oçilgan.

Politsiya ma’lumotiga köra, öt oçgan şaxs halok bölgan. Reuters xabarida aytilişiça, u öz joniga qasd qilgan. Nontxaburi provinsiyasi politsiyasi boşliği Deçrapi Kongdi BBC muxbiriga u şu maktabning töqqizinçi sinfida öqiganini aytgan. Tailandda töqqizinçi sinf öquvçilari odatda 14 yoşda böladi. Polapi Suvunçvi u töpponçadan foydalangani, içki işlar vazirligi u bu qurolni qanday qölga kiritganini örganayotganini aytgan. Keyinroq politsiya u tomonidan foydalanilgan 9 mm kalibrli töpponça uning şu maktabda öqituvçilik qilgan bobosiga tegişli bölganini ma’lum qildi.

Mahalliy naşrlarda e’lon qilingan fotosuratlarda gumonlanuvçi siyohrang maktab formasida bölgani va yelkasida qora sumka osilganini, uning atrofida gilzalar yotganini köriş mumkin.

Voqea guvohi bölgan yettinçi sinf öquvçisi jurnalistlarga xonalar oralab yurgan öquvçini körganida öz sinfxonasida bölgani, sinfxona eşigi oldida turgan öqituvçi otib taşlangani, şundan keyin özi bir amallab voqea qoçib ketganini aytib bergan.

Favqulodda xizmatlarning 47 yoşli xodimi Kiatikxun Verapongpradit Reuters agentligiga otişma davom etayotgan paytda voqea joyiga yetib kelgani va uning jamoasi jarohatlangan öquvçilarga yordam berayotganini aytgan. Ular maktabning yuqori qavatida erkak öqituvçining jasadini, boşqa xonada esa kökragi va qölidan jarohatlangan öqituvçini topişgan.