Ikki yil avval Ispaniya poytaxtida, Madrid avtonom universiteti talabalar şaharçasi oldida Eron elçixonasi sovğasi sifatida Abu Ali ibn Sino byusti örnatilgan edi. Byustdagi toşlavhaga fors şifokori va faylasufi, deya bitilgan edi.

Madrid avtonom universiteti talabalar şaharçasidagi Abu Ali ibn Sino haykali / Foto: Kun.uz

Bunday holatlarni köp uçratiş mumkin. Jahon böylab Şarqning turli allomalariga haykallar, yodgorliklar örnatilgan va har birida turli bitiklar bor – allomalarga da'vo qiluvçilar ham yetarli.

BMTning törtta asosiy ofisidan biri – Avstriya poytaxti Venadagi qarorgohi oldida örnatilgan tört alloma majmuasini olaylik. Unda Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abu Rayhon Beruniy va Zakariyo ar-Roziy haykallari ayvonçada ötirgan holatda barpo etilgan. Eron hukumati BMTga taqdim etgan monument lavhasida tört alloma Eron mutafakkirlari ekani yozilgan.

BMTning Venadagi qarorgohi / Foto: Wikipedia
Foto: Wikipedia

Tarixdan çuqur bilimi bölmagan istagan kişida savol tuğilişi tabiiy: nega eronliklar bizning bobolarimizni «öziniki qilib olyapti»? Umar Xayyom va Zakariyo ar Roziyni fors allomalari deb bilamiz, lekin Beruniy va ibn Sinoni bizga bolaligimizdanoq bizning bobolarimiz, deb örgatişgan-ku. Mana şu joyda e'tibor qaratiş lozimki, «bizniki» – kengroq tuşunça.

Beruniy, ibn Sino, Forobiy, Naqşbandiy, Yassaviy, Kubro, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy kabi, biz «bizniki» deb hisoblaydigan allomalar aslida «kimniki»? Va savolni bunday qöyişning özi qançalik töğri?

Biz şu mavzuda tarixçi olima, Özbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimasi Nigora Qoriyeva bilan suhbatlaşdik.

– Biz ajdodlarimizni birovdan qizğanişimiz tabiiy. Şunday taassurot borki, bu ketişda hatto Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ham ertaga «bizniki» bölmay qolişi mumkindek... Ibn Sinoni Eron öziniki deyişi qançalik töğri?