Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati sudlardan içki işlar organlari profilaktika inspektorlariga ötkazilişi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi kodeksga özgartişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi muhokamasida Içki işlar vaziri örinbosari Azizbek Ikromov aytib ötgan.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, IIV taşabbusi bilan Qonunçilik palatasiga Özbekiston Respublikasining «Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi kodeksiga özgartişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqiş uçun kiritilgan.
Mazkur qonun loyihasi qabul qilinişi bilan ayrim toifadagi huquqbuzarliklarni körib çiqiş jarayonida huquqbuzar sodir etgan qoidabuzarligiga iqror bölib, belgilangan jarimani sudgaça bölgan muddatda tölaş istagini bildirsa yoki jabrlanuvçining huquqbuzarlik sub'yektiga nisbatan da'vo arizalari yöqligi ma'lum bölsa, ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati ma'muriy sudlardan içki işlar organlari profilaktika inspektorlari vakolatiga ötkazilişi mumkin.
Bunday vakolatlarning ma'muriy sudlardan içki işlar organlari profilaktika inspektorlariga ötkazilişiga asos sifatida vazirlik vakillari tomonidan hududlardagi ma'muriy sudlarning aholi yaşaş punktlariga uzoqligi hamda ayrim içki işlar organlari profilaktika inspektorlari tomonidan tuzilgan ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi bayonnomalar öz vaqtida sudlar tomonidan körib çiqilmayotgani keltirib ötilgan.
Şuningdek, muhokamalar jarayonida Azizbek Ikromov ma'muriy huquqbuzarliklarga misol sifatida respublika böyiça 2019 yilda 401ta, 2020 yilning 9 oyi davomida 505ta holatda yovvoyi naşa öz vaqtida yöq qilinmaganligi holatlari qayd etilganini aytib ötgan.






