«Real» jiddiy sinov qarşisida. YeÇLda tur öyinlari anonsi
|19:14 / 03.11.202018 78111 min
Çempionlar Ligasida guruh bosqiçi hali avj pallaga kelgani yöq, ammo bir qator öziga xos pley-off öyinlari bizni kutib turibdi. Ya'ni taqvimga köra, 3 va 4 turlarda ayni raqiblar töqnaş kelişadi va ba'zi juftliklarda bu töqnaşuvlar keyingi bosqiç uçun haqiqiy kuraşga aylanadi. Aynan uşbu öyinlarda muvaffaqiyat qozongan jamoalar sönggi turlar oldidan yaxşi vaziyatga ega bölişsa, mağlublar deyarli imkoniyatsiz qolişadi.
Foto: David S. Bustamante/Soccrates/Getty ImagesFoto: David S. Bustamante/Soccrates/Getty Images
E'tiboringizga eng e'tiborli va hal qiluvçi juftliklar örtasidagi töqnaşuvlar anonsini havola etiladi. Aytiş mumkinki, qoğozda favorit sanalgan bu jamoalarning ba'zilarini bahorda bu turnirda körmaymiz.
«ReAL» – «INTeR» (4 noyabrga ötar keçasi, 01:00)
Bu jamoalar oxirgi marta Yevropa maydonida töqnaş kelişganida, hali ötgan asr edi. Guruh bosqiçida «Inter»ga ğalaba keltirgan gollarni Roberto Badjo urgandi, deyilsa, balki yanada köproq vaqt ötgani his qilinar...
Xullas, bu safar sal boşqaça – guruhning asosiy favoritlari sifatida tilga olingan ikki superklub juda qiyin ahvolda qoldi, şu darajadaki, agar mana şu ikki öyindan heç bölmasa bittasida ğalaba qozona olmasa, guruhdan çiqiş masalasi yopiladi. «Inter» ikki öyindan 2 oçkoga ega, «Real»da esa atigi bir durang. Narigi juftlikda «Şaxtyor» va «Borussiya» kuç sinaşişi va ulardan biri yaxşiroq harakat qilib, özib ketişini hisobga olsak, «Inter»da ham, «Real»da ham katta bosim turganini payqaş qiyin emas.
Öyinga madridliklar biroz yaxşiroq formada kelayotganlarini aytiş mumkin. Ramos qaytdi, Azar maydonga tuşa boşladi va hatto «Ueska» darvozasiga çiroyli gol ham urdi. El Klassikodagi ğalabaga ham köp bölgani yöq – xullas, dastlabki öyinni öz maydonida ötkazadigan «Real» natijalarini önglay boşlagan.
«Inter»da esa, aksinça – oxirgi beş öyinda atigi bir marta, «Jyenoa»ga qarşi öyinda ğalaba qozonildi, xolos. Ikki öyinda bir xil – 2:2 hisobi qayd etildi, qiziği, har ikkisida ham milanliklar sönggi daqiqalarda mağlubiyatdan qutulib qolişdi. Avgustda beşta gol urilgan «Şaxtyor» darvozasiga yöl topilmadi. Buning ustiga, aksariyat öxşamagan öyinlarda ham individual mahorati evaziga jamoani qutqarib kelgan Romelu Lukaku dastlabki öyinni ötkazib yuborişi mumkin. Lukakudan taşqari, Vesino va Sensi ham jamoaga yordam bera olişmaydi. Aleksis Sançes esa bu öyinga qaytişi kutilmoqda.
Mezbonlardan Karvaxal, Naço, Odriosola va Militao kabi himoyaçilar maydonga tuşa olmaydi, lekin Ramosning qaytgani himoyada xotirjamlik olib kelsa kerak.
Bu juftlikda avvalgisi kabi hayot-mamot faktori yöq, «Liverpul» ham, «Atalanta» ham kutilgan oçkolarni olib, guruhda peşqadamlik qilmoqda. Ammo bir neça asoslarga köra, bu töqnaşuv ham alohida e'tibor talab qiladi.
Birinçidan, Yevropaning eng hujumkor jamoasi bölgan «Atalanta»ning «Liverpul»ga qarşi öyini, ayniqsa, inglizlarda himoya çiziği muammolari fonida juda qiziq böladi. Ikkinçidan, turnir nuqtayi nazaridan ham, bu duelda har ikki öyinda ham mağlub bölgan jamoa katta muammo qarşisida qolişi mumkin. Çunki, narigi juftlikda «Ayaks» va guruhning yaqqol autsayderi «Myutilland» bor. Amsterdamliklar bu öyinlardan 6 oçko olib, 2-öringa kötarilib oliş imkoniyatiga ega böladi. Demak, «Atalanta» ham, «Liverpul» ham guruhda peşqadamlik qilib turişgani bilan, hali hammasi hal bölgani yöq va ayniqsa, mana şu özaro töqnaşuvda oçkolar oliş şart.
Tarkibdagi muammolarga kelsak, yuqorida aytilganidek, «Liverpul»ning himoya çiziğida van Deyk yöqligidan taşqari, Joel Matipning qaytişi ham söroq ostida. Ammo aytiş mumkinki, APLning sönggi turida uşbu çiziqda yoş Natan Filips harakat qildi va juda yaxşi taassurot qoldirdi. Şuningdek, markaziy yarimhimoyaçilar Nabi Keyta, Fabino, Alkantara kabilar ham Bergamodagi bahsda maydonga tuşa olmasliklari mumkin.
«Atalanta»da esa Mattia Kaldara, Marten de Ron kabi futbolçilardan taşqari, ham himoyada, ham hujumda ança samarali bölgan Robin Gosens ham jamoadoşlariga yordam bera olmasligi mumkin.
«BRYuGGe» – «BORUSSIYa» D (5 noyabrga ötar keçasi, 01:00)
«Bryugge» kutilmaganda «Zenit» ustidan safarda ğalaba qozondi va pley-off yöllanmalaridan biri uçun kuraşga qöşildi. «Latsio» bilan durangdan söng, belgiyaliklar oçkolar sonini 4taga yetkazdi va jamoa faqat töplar nisbati böyiça 2-örinda bormoqda. Guruhda şuningdek, «Zenit» ham borligini e'tiborga olsak, uşbu törtlikdagi har bir öyin qiziqarli keçişi turgan gap. Dortmundliklar esa, aynan «Bryugge» bilan öyinlarda maksimal oçko olişlari va Rimdagi mağlubiyatning ta'sirini yöqotişlari kerak böladi.
«Bryugge» milliy çempionatda u qadar işonçli öynay olmayapti va uç öyindan beri ğalaba nimaligini bilgani yöq. Ammo aynan şu omil jamoa Çempionlar Ligasi öyinlariga özgaça motivatsiya bilan tuşişiga sabab bölişi ham mumkin. Dortmundliklar esa asta sekin tezlik olişmoqda – jamoa öşa Rimdagi mağlubiyatdan taşqari, sönggi beş öyinda ğalaba qozongan va birorta ham gol ötkazib yuborişmagan.
Bu jamoalar ikki yil oldin ham Çempionlar Ligasi guruhida töqnaş kelişgandi. Belgiyada ötgan uçraşuvda mehmonlar Pulişiçning goli evaziga minimal ğalaba qozongan bölişsa, javob öyinida hisob oçilmagandi.
Jarohatlar borasida mezbonlarda uzoq muddatga safdan çiqqan Matej Mitroviçdan boşqa hamma safda. «Borussiya» tarkibida esa Mats Hummels maydonga tuşişi söroq ostida turibdi. Şuningdek, Zagadu, Emre Jan, Marsel Şmalser kabi himoyaçilar hali töliq tiklanganlari yöq.
Ötgan mavsumning finalçisi va yarimfinalçisi şunday ahvolda qoldiki, katta ehtimol bilan, uşbu töqnaşuvda muvaffaqiyatsizroq harakat qilgan jamoa keyingi bosqiçga çiqa olmaydi. Sababi, 100 foizlik natija körsatgan «Mançester Yunayted» parallel öyinlarda turklardan 6 oçko olişi va muddatidan oldin keyingi bosqiçga çiqişi mumkin. Şu örinda inglizlarga yirik – 0:5 hisobida yutqazgan «Leypsig»ning vaziyati biroz oğirroq. Albatta, hali «MYu» öz öyinlarini yutmadi, kuçsizroq jamoalarga qarşi muammoga duç keladigan Sulşer şogirdlari hali oçko yöqotişlari ham mumkin. Lekin aynan «PSJ» va «Leypsig» duelida asosiy savollarga javob beriladi.
Parijliklar «MYu»dan öşa mağlubiyatdan söng, yaxşi tomonga özgarişdi va 9-0 töplar nisbati bilan qatorasiga uç öyinda ğalaba qozonişdi. «Leypsig» esa aksinça, ötgan haftadagi yirik mağlubiyatdan söng, Bundesligada ham menxengladbaxliklarga yutqazib qöydi va peşqadamlikni «Bavariya»ga topşirdi. Lekin «PSJ»ga qarşi öyinlarda özgaça tayyorgarlik bölişi tabiiy, zero yuqori esga olingan ötgan mavsumda bu raqiblar yarimfinalda duç kelişgan va «PSJ» yirik hisobda ğalaba qozongandi (3:0). Ammo öşa öyinda ham, fransuzlar gol urgunça «Leypsig» juda yaxşi öyin namoyiş qilib turgan.
Buning ustiga tarkiblar borasida «PSJ»da muammolar köp. Bu yöqotişar Fransiya çempionatida bir tekisda borişda xalaqit bermasligi mumkin, ammo kuçli raqiblarga qarşi böy körsatadi. Neymardan taşqari, Ikardi, Draksler, Bernat, Paredes, Veratti kabi futbolçilar hali töliq tiklanib, safga qaytişgani yöq. Mezbonlardan esa, Laymer, Xartman va Klostermannda jarohat bor. Nordi Mukiyele esa, tiklanib, maşğulotlarga qaytdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi