Agentlik xabariga köra, Umida Töxtaşeva 1978 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, 2003 yil Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqşunos.

Tayinlovga qadar U. Töxtaşeva Toşkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

Şuningdek, prezidentning 3 noyabrdagi qarori bilan Tal'atjon Haydarov Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktorining örinbosari – Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini tahlil va monitoring qiliş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.

T. Haydarov 1980 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, 2001 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqşunos.

Tayinlovga qadar T. Haydarov Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining içki xavfsizlikni ta'minlaş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori lavozimida işlab kelmoqda.