Antikorrupsiya agentligi 2025 yil yakunlari böyiça davlat taşkiloti hamda idoralarining oçiqligi indeksini e’lon qildi. Unga köra, Sirdaryo, Andijon, Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahar hokimliklari eng yopiq taşkilotlar. Bundan taşqari, Sudyalar oliy kengaşi va Temiryöllar jamiyati ham eng oxirgi örinlarda qolgan. Kun.uz bilan gaplaşganlar fikriça, bu taşkilotlar uçun matbuot, jamoatçilik yuzinçi örinda ham turmaydi.
2022 yilda “Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqlik darajasini oşiriş hamda baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni imzolangan edi. Unga muvofiq, davlat budjeti mablağlari hisobiga işlaydigan bu taşkilotlar faoliyati xususida öz resurslarida ma’lumotlarni omma bilan bölişişi kerak. Antikorrupsiya agentligi esa aynan şu farmonda belgilangan me’yorlar asosida oçiqlik indeksini e’lon qilib kelmoqda.
Bu yilgi röyxatga köra, “Özbekgidroenergo” AJ jamoatçilikka eng oçiq davlat taşkiloti deb topilgan. Sirdaryo, Andijon, Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahri hokimliklari eng yopiq, faoliyati borasida ma’lumotlarni topiş deyarli imkonsiz idoralar sifatida körsatildi. “Özbekiston temiryöllari” AJ, “Aloqabank ATB”, “Toşşahartransxizmat” AJ ham röyxatning eng oxirgi örinlarida. Körinadiki, bu taşkilotlar prezident farmonida körsatilgan mezonlar talablari doirasida işni oçiq-oşkora taşkil etmagan.
Yoşlar işlari agentligi va ba’zi boşqa davlat taşkilotlari esa ötgan yilgilarga qaraganda köproq ball olib, yaşil toifaga ötgan.
Antikorrupsiya agentligi boşqarma boşliği Qahramon Niyazxadjayevga köra, 4 ta mahalliy hokimiyat organlari “barqaror qizillar” sifatida röyxatdan joy olib kelmoqda.
“Afsuski, ular doimiy qizil röyxatda, mezonlarning hammasi prezident farmonida belgilangan”, deydi u.
Agentlik vakilining qöşimça qilişiça, davlat taşkilotlaridagi kadrlar özgarişi ham ularning yillik ballariga salbiy ta’sir qilmoqda.
“Yildan yilga ijobiy kamayişni köryapmiz, lekin davlat taşkilotlarining oçiqlik indeksiga eng köp ta’sir qilayotgan masala – kadrlarning iş almaştirişi. Ya’ni bir xodim ketib, keyingisi kelib, işini tuşunguniça oçiqlik böyiça mezon talablari bajarilmay qolib ketmoqda va oxirida yomon natijalar kelib çiqyapti”,











