Jumladan, qonunga sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolar tuşunçasi kiritildi. Unga köra, bunday aşyolarga quyidagilar kiradi:

kasbiy, işlab çiqariş yoki sport faoliyatida yoxud xöjalik-maişiy maqsadlarda foydalaniş uçun möljallangan, sanoat usulida yoki qölbola tarzda yasalgan –

  • tiğli, kesuvçi aşyolar (piçoqlar, bigizlar va boşqa uçi ötkirlangan sançiladigan, kesuvçi aşyolar);
  • jismoniy kuç işlatganda şikast yetkazişi mumkin bölgan aşyolar (beysbol bitalari, softbol öyini uçun bitalar).

Uşbu qonun bilan sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xöjalik-maişiy maqsadlarda foydalaniş bilan boğliq bölmagan hollarda, jamoat joylarida olib yuriş taqiqlandi.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 185-2-modda bilan töldirildi. Unga köra:

  • sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xöjalik-maişiy maqsadlarda foydalaniş bilan boğliq bölgan hollarda, jamoat joylarida oçiq (ğilofsiz) holda olib yuriş – BHMning 0,5 – 1 baravari miqdorida (111 500 sömdan 223 ming sömgaça) jarimaga sabab böladi;
  • sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni ulardan ov qilişda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xöjalik-maişiy maqsadlarda foydalaniş bilan boğliq bölmagan hollarda, jamoat joylarida olib yuriş, şuningdek özini özi himoya qiliş maqsadida olib yuriş – huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, BHMning 1–5 baravari miqdorida (223 ming sömdan 1 115 000 sömgaça) jarimaga sabab böladi.