Foto: YHXB axborot xizmati

Toşkent şahrida davlat raqami Andijon viloyatiga tegişli Malibu avtomobili töxtatib tekşirilganda içidan sovuq qurollar va psixotrop dori vositalari topilgan. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 3 fevral kuni Yakkasaroy tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan Şota Rustaveli köçasi böylab harakatlanib kelayotgan Malibu rusumli avtomobil töxtatilib, xolis va guvohlar iştirokida tekşirilgan.

Avtomobilda bölgan fuqarolarning yonidan 1 dona kastet, 1 dona temir teleskopik dubinka, 1 dona piçoq, 2 dona «Tropikamid», 23 dona «Regapen» nomli psixotrop dori vositalari va sellofanga öralgan, jigarrang, ötkir hidli, saqiçsimon moddalar topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, avtomobilda bölgan fuqarolar va aniqlangan vositalar Yakkasaroy tumani IIO FMBga topşirilgan.