Ko‘p qavatli uylarda yashashdan zerikdingizmi? O‘ziga xos arxitekturasi bilan ajralib turuvchi “Limonaria Village” turar joy majmuasi bu borada sizning eng oqilona tanlovingiz bo‘loladi. Bunyodkor ko‘chasi, Lokomotiv istirohat bog‘iga yaqin hududda 52 ta hi-tech uslubidagi eksklyuziv kottej uylar o‘z egalarini kutmoqda. Kottejlar shaharchasida jahon standartiga javob beruvchi yorug‘, keng va zamonaviy dizaynga ega uylarni xarid qilishingiz mumkin. Xo‘sh, ushbu xonadonlarda qanday qulayliklar mujassam?

Qulayliklari
Jami 52 ta kottejlardan iborat shaharchada, bolalar maydonchasi, futbol stadioni joylashgan. Bundan tashqari, majmuada turli maishiy xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar, jumladan, sport trenajor zallari, go‘zallik salonlari, oziq-ovqat do‘konlari ham joylashgan. Xullas, shaharchadan tashqariga chiqmasdan eng zaruriy yumushlarni bajarib olishingiz mumkin. Bu esa bugungi tig‘iz zamonning eng katta talabi – vaqtni tejashga imkon beradi.

Kottejlar
Har bir kottej hi-tech uslubida qurilgan bo‘lib, odatiy va biz har kuni ko‘zimiz tushadigan, hatto insonni zeriktiradigan ko‘rinishdagi xonadonlardan tubdan farq qiladi. Bitta Limonaria kotteji umumiy 307 m2 maydonni egallagan bo‘lib, 2 ta qavat va bitta yerosti maydoniga ega.

Yerosti qavati keng xoll, trenajor zali, dam olish hududi, mahsulot va buyumlar saqlanadigan ombor, kinozaldan iborat.


Birinchi qavatda esa yana bir xoll, oshxona, mehmonxona, yotoqxona, 2ta vannaxona va hojatxona bor.


Ikkinchi qavat











