Naked Science xabariga köra, tadqiqotni AQŞning Santa-Barbaradagi Kaliforniya universiteti olimi Deron Berkepayl boşçiligidagi xalqaro jamoa ötkazgan. Ilmiy iş Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida çop etilgan.

Fillar tirikligida köp miqdorda ösimlik yeyişi, şoxlarni sindirişi va baʼzan daraxtlarni yiqitişi orqali savanna manzarasini özgartiradi. Olimlar ularning ölimidan keyin ekotizimga taʼsiri qança vaqt saqlanişini örgangan.

Tadqiqotçilar fillar ölgan 40 ta joyni tekşirgan. Qoldiqlarning yoşi sakkiz kundan 2814 kungaça, yaʼni qariyb 7,7 yilgaça bölgan.

Har bir joyda fil qoldiqlaridan 0,5 va 2,5 metr masofadagi tuproq hamda ösimliklar örganilgan. Natijalar 15 metr uzoqlikdagi nazorat maydonlari bilan taqqoslangan. Şuningdek, mikroorganizmlar DNKsi tahlil qilinib, hayvonlarning oziqlanişi fototuzoqlar yordamida kuzatilgan.

Eng katta özgariş tuproqning kimyoviy tarkibida qayd etilgan. Fil qoldiqlari yaqinida ammoniy miqdori nazorat maydonlariga nisbatan örtaça 31 baravar, nitratlar yetti baravar, fosfor esa uç baravar yuqori bölgan.

Ayrim yangi qoldiqlar yaqinida tuproqdagi azot birikmalari miqdori odatiy darajadan qariyb 3000 baravargaça oşgan. Bu köp tonnali hayvon tanasi parçalanişi natijasida katta hajmdagi organik moddalar tuproqqa tuşişi bilan izohlangan.

Biroq ozuqa moddalarining köpligi ösimliklarga hamişa foyda keltirmagan. Ammoniyning juda yuqori konsentratsiyasi ularga zaharli taʼsir qilişi mumkin. Şu sababli yangi qoldiqlar atrofida ösimliklar ösişi uçun noqulay şaroit yuzaga kelgan.

Fil qoldiqlari yaqinida ösimliklar xilma-xilligi nazorat maydonlaridagidan ança past bölgan. Bu farq hatto 7,7 yillik qoldiqlar atrofida ham saqlangan.

Tuproqdagi bakteriyalar va zamburuğlar xilma-xilligi ham kamaygan. Ayni paytda organik moddalarni parçalovçi mikroorganizmlar faolligi bir-ikki yil davomida yuqori bölib turgan.

Qiziği, bunday joylarda ösişga muvaffaq bölgan ötlar töyimliroq bölgan. Ularning barglaridagi azot miqdori nazorat maydonlariga nisbatan örtaça 1,5 baravar yuqori çiqqan. Bu xususiyat eski qoldiqlar atrofida ham kuzatilgan.

Fototuzoqlar impala antilopalari va buyvollar fil qoldiqlari yaqinida nazorat maydonlariga qaraganda taxminan uç baravar köproq oziqlanganini körsatgan. Bunday faol ötlaş fil ölganidan yetti yildan ortiq vaqt ötgaç ham davom etgan.