Uzoq yillardan buyon saylov natijalari tahlili bilan şuğullanuvçi Associated Press hisob-kitobiga köra, Bayden Pensilvaniyadagi ğalaba hisobiga 284 ta ovoz olib, ğolib böldi. AQŞ prezidentligiga saylaniş uçun esa 270 ta vakillik ovozi yetarli.
NBC hisob-kitobiga köra, Bayden Pensilvaniyadagi ğalaba hisobiga 273 ta ovoz bilan prezidentlikka saylangan. Çunki Arizonadagi natijalar rasman yakunlanmagan. CNN ham Bayden saylovda ğolib bölganini e'lon qildi. Trampning tarafdori bölgan Fox News ham Bayden saylovda ğolib bölganini tasdiqladi. Biroq Baydenning ğalaba qozongani rasman e'lon qilingani yöq.
Oldinroq Jo Bayden amerikaliklarga murojaat qilib, saylovlarda ğolib bölişga şubha qilmasligini va kamida 300 ta ovoz töplaşga işonişini aytgandi. Tramp esa Tvitter orqali özining katta farq bilan ğalaba qozonganini yozgandi.














