Adliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi ijtimoiy tarmoqlarda mehnat migranti özini özi band qilgan şaxsga tenglaştirilişi hamda soliq tölaşi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan oydinlik kiritdi.
Ma'lum qilinişiça, özini özi band qilgan şaxslar daromad soliği tölamaydi, ijtimoiy soliqni esa pensiya oliş uçun iş stajiga ehtiyoj sezsagina tölaydi.
«2021 yil 1 yanvardan boşlab mehnat migratsiyasi yöli bilan xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlariga tenglaştiriladi.
Ularga özini özi band qilgan şaxslar uçun belgilangan soliqlarni tölaş hamda pensiya miqdorini hisoblaş tartibi qöllaniladi.
Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq, özini özi band qilgan şaxslar jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod etiladi.
Özini özi band qilgan şaxslar öziga pensiya hisoblanişi va iş stajiga ega bölişi uçun Pensiya jamğarmasiga ixtiyoriy ravişda ijtimoiy soliq tölaşi mumkin, bu 2020 yil uçun kamida BHMning 50 foizi hajmida (111 ming 500 söm) belgilangan.
Agar çet elda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolar Özbekistonda pensiya va iş stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamğarmasiga ijtimoiy soliq tölaşning hojati yöq», deyilgan xabarda.
Vazirlik mehnat migrantlarining özini özi band qilgan şaxsga tenglaştirilişi ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilganini qayd etib ötgan.
Davlat soliq qömitasi esa bu mehnat muhojirlari uçun majburiyat emas, balki yangi imkoniyat ekaniga urğu qaratgan.
«Prezidentimizning PQ-4829-sonli qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boşlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotganlar özini özi band qilgan şaxslarga tenglaştirilgani sababli, internet tarmoqlarida mehnat muhojirlari uçun soliq joriy etilayotganligi töğrisida notöğri ma'lumotlar tarqalmoqda.
Uşbu xabarlar yuzasidan Davlat soliq qömitasi öz munosabatini bildiradi. Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq, özini özi band qilgan şaxslar jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod etiladi.
Özini özi band qilgan şaxslar öziga pensiya hisoblanişi va iş stajiga ega bölişi uçun Pensiya jamğarmasiga IXTIYoRIY RAVIŞDA ijtimoiy soliq tölaşi mumkin, bu 2020 yil uçun eng kamida BHMning 50 foizi miqdorida belgilangan, bu hozirgi vaqtda 111 500 sömni taşkil etadi.








