“Duşman Stepanakert ostonalarida turibdi va poytaxtning taqdiri xavf ostida qoldi. Agar Shusha yana bizniki bölişini, Arsax (Toğli Qoraboğ) saqlanib qolişini istasak, Stepanakert va front çiziğining qolgan yönalişlarining işonçli mudofaasini taşkillaştiriş uçun bor kuçimizni işga solişimiz lozim”, deb yozgan Pogosyan feysbukda.

Ozarboyjon Mudofaa vazirligi böşab qolgan Shusha şahridan video e'lon qilgan.

Avvalroq Pogosyan Toğli Qoraboğ qurolli kuçlari respublikaning ikkinçi raqamli yirik şahri – Şuşani boşqa nazorat qilmayotganini ma'lum qilgan. Toğli Qoraboğ tomonining bu bayonoti Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Şuşaning işğol qilingani videosini e'lon qilgandan keyin yangragan. Videoda Shusha köçalari böşab yotganini, u yerda ozarboyjonlik harbiylardan boşqa heç kim yöqligini köriş mumkin.

Biroq keyinroq Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan Stepanakertdan 11 km uzoqlikda joylaşgan Shusha uçun janglar davom etayotganini aytgan.

“Shusha uçun janglar davom etmoqda”, deb yozgan Paşinyan feysbukda.

8 noyabrda Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev Şuşaning va Toğli Qoraboğdagi yana 20dan köproq aholi punktining “ozod qilingani”ni ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, Ozarboyjon armiyasi sentyabr oxirida boşlangan jangovar töqnaşuvlar davomida Toğli Qoraboğdagi 200dan köproq aholi punktini egallagan.