Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, tadbir boşida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy holati tanqidiy tahlil qilindi.

– Bu yerga kelişimdan asosiy maqsad – sizlar bilan birga hudud rivojiga kuçli turtki beriş böyiça aniq vazifa va çora-tadbirlarni belgilab oliş. Qaşqadaryo özining salohiyatiga mos yaşamayapti, mamlakatimizning köpgina hududlaridan ança orqada, – dedi davlat rahbari.

Bu zamin ulkan imkoniyatlarga ega. Lekin uning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalar ahvoli bunga mutlaqo mos emas. Oxirgi 10 yil içida yalpi içki mahsulotdagi viloyat uluşi 9,4 foizdan 7,1 foizga, sanoatdagi uluşi esa 11 foizdan 6 foizga tuşib ketgan.

- Aholi jon boşiga yalpi hududiy mahsulot mamlakatimizdagi eng past körsatkiçlardan biri. Qaşqadaryo eli şunga munosibmi? - deya savol qöydi prezident.

Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişda ilmiy asos va innovatsion yondaşuv yöq, viloyat iqlim şaroitiga mos yangi navlar yaratilmagan. Ötgan yili paxta hosildorligi gektariga 19 sentnerni yoki yurtimizdagi eng quyi körsatkiçni taşkil etgan. Qişloq xöjaligi texnikalari yetişmaydi. Mahsulotlarni qayta işlaş darajasi ham past.

Şavkat Mirziyoyev hududdagi irrigatsiya va melioratsiya holatini keskin tanqid qildi. Notöğri suğoriş oqibatida yerlarning 45 foizi şörlangan. Ayniqsa, bu borada Muborak, Ğuzor, Nişon va Kosonda ahvol juda oğir. 38 ming gektar maydon foydalanişdan çiqib ketgan. Tomçilatib suğoriş jami suğoriladigan maydonning bor-yöği 2,4 foizida joriy qilingan.

Aholining içimlik suvi ta'minoti viloyat böyiça 50 foizni, xususan, Kosonda 26, Dehqonobodda esa atigi 4 foizni taşkil qiladi. Quvurlarning 60 foizi ta'mirtalab bölib qolgan. Qarşi şahrining kanalizatsiya tizimi ham eskirgan. Avtomobil yöllarining 8 ming 700 kilometri yaroqsiz holga kelgan.

Ta'lim va tibbiyot sifati masalasiga töxtalib ötildi.

Viloyatning 88 maktabida “smena” körsatkiçi yuqori ekani, bir neçta maktab filiali binosi paxsadan qurilgani körsatib ötildi. Qaşqadaryo yoşlari oliy ta'limga kiriş körsatkiçi böyiça mamlakatda 13-örinda. Bu yil 191 ta maktabning birorta ham bitiruvçisi oliy öquv yurtlariga kira olmagan.

Tor sohalar böyiça 257 ta, birlamçi böğinda 855 ta şifokor yetişmaydi. Hududda qöşimça 18 ta oilaviy poliklinika va 30 ta oilaviy şifokorlar punktlariga talab mavjud. Har bir oilaviy poliklinikaga örtaça 25-30 ming nafardan fuqaro töğri kelişi lozim bölsa-da, viloyatda bu körsatkiç 90 mingtani taşkil etadi.