Avvallari nafaqat Özbekistonda, balki ğarbda ham ayol kişi qişloq xöjaligi sohasida tadbirkorlik qilişini tasavvur qiliş qiyin edi. Lekin hozir dunyo böylab agrar sohada öz muvaffaqiyatli biznesini boşlab, yutuqlarga erişayotgan ayollar köpaymoqda.

Yurtimizda ham şunday işbilarmon ayol-tadbirkorlar yöq emas. Ulardan biri – bugungi suhbatdoşimiz Dildora Otajonova yoş bölişiga qaramay, Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlarini xorijga eksport qiliş böyiça biznes loyihaga asos solgan.

Hozirda uning boşqaruvidagi «Teodora Goods» kompaniyasi mahalliy dehqon va fermerlar hamda xorijlik xaridorlar örtasida hamkorlik örnatişda köprik vazifasini bajarmoqda.

Tadbirkorlik tomon ilk qadam

— «Teodora Goods» kompaniyasi 2018 yilda oçilgan, biroq mening dastlabki tadbirkorlik faoliyatim 16 yoşimda boşlangan. Internetda e'lon berib, özimning «Erudit» nomli maktabimga beşta öquvçini qabul qilganman. Darslarni kunora uyimiz mehmonxonasida ötar edim. Öşa vaqtda birinçi maoşimni işlab topganman.

Darvoqe, undan ham oldinroq uylarni yiğiştirib, pul topganimni ham hisoblamasa... (kuladi) Onam ba'zan uyni tozalaganim uçun pul tölar edilar. Kim bilsin, balki aynan şu kabi kiçik tajribalar yoşligimizdanoq özimiz mustaqil mehnat qila olişimiz mumkinligiga katta işonç bergandir.

«Özbekistonga qaytiş umuman rejamda yöq edi»

— 2017 yilgaça Malayziyada yaşadim va Özbekistonga qaytişni mutlaqo istamaganman. Men özimizning mamlakatimizda rivojlana olişiga közi yetmaydigan ösmir yoşlardan biri edim, desam adaşmayman. Biroq kunlarning birida vizamni yangilaş uçun Özbekistonga qaytdim.

Uyda vaqtimni bekor ötkazişni istamadim va vaqtinçalik bölsa ham, agrofirmaga işga kirişga qaror qildim. Sababi, Malayziyada aynan şu sohada işlaşni boşlagan edim.

Işlaş davomida Özbekistonning qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş salohiyati qançalik boyligini tuşunib yetdim. Öz işimga şu qadar qiziqib ketdimki, Malayziya haqida ham unutib, ortga qaytmadim.

Bir yil işlab, agrosanoatda tartib örnatişni xohlaşimni tuşundim. Mavjud kamçiliklarga köz yumgan holda, şunçaki oqim böylab suzib ketaverişga tayyor emasdim. Şu sababli qandaydir yangilik qiliş kerak edi. Şu tariqa, heç qanday sarmoyasiz öz kompaniyamni oçişga muvaffaq böldim.