Jamiyat | 16:27 / 15.11.2020
12367
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Shirin yangiliklar: poytaxt markazida "Cremona Sweets" qandolat uyining 4-filiali ochilmoqda

Foto: Cremona Sweets

Dam olish kunlari, "Cremona Sweets" gastronomik rohat oroli sinov rejimida mazali shirinliklar va xushbo‘y qahvani xush ko‘radiganlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Yangi manzil shahar markazida – "Bodomzor" metro bekati yaqinida, "International Hotel Tashkent" mehmonxonasining ro‘parasida joylashgan.

Ayni paytda qandolatxona sinov rejimida ishlamoqda va o‘z mehmonlarini desert menyusi va bar kartasining xushbo‘y yangiliklari bilan xursand qilmoqda. 16 noyabr kuni esa "Cremona Sweets" qandolatchilik uyi mehmonlari maskanning tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, bir-biridan mazali pishiriqlar va maxsus ichimliklarni tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi.

16 noyabr kuni ochilish munosabati bilan, "Cremona Sweets" qahvaxonasi 09:00-dan 12:00-ga qadar barcha mehmonlarga bepul qahva sovg‘a qiladi. Tantanali ochilish marosimi 13:30 da bo‘lib o‘tadi, unda qiziqarli dastur, yutuqli o‘yinlar hamda bayram va o‘yin-kulgi muhiti tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu yorqin tadbirda eng qiziqarlisi barcha mehmonlarga mazali sovg‘a sifatida taqdim etiladigan katta bayram torti bo‘ladi.

"Cremona Sweets" qandolat uyi — bu nafaqat qandolat san'atining eng zo‘r masterlari tomonidan yaratiladigan, balki har bir bo‘lakchaga sarmoya qilingan betakror ta'm, yuqori sifat va mehr-muhabbat noyob kombinatsiyasini o‘zida mujassam etadigan, mazali qandolat mahsulotlarini tayyorlashning 18 yillik bebaho tajribasidir.

Ayni paytda poytaxtda o‘z mehmonlarini mukammal ta'm va a'lo xizmati bilan xursand qilib kelayotgan, uchta "Cremona Sweets" filiali muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Yangi filial to‘rtinchi nuqta bo‘lib, bu yerda hatto eng talabchan gurman ham o‘z shirinligini topadi, shuningdek nafaqat shirinliklarni, balki xushbo‘y ichimliklarni ham tatib, shinam muhitda maroqli kechani o‘tkazishi mumkin. 

"Cremona Sweets" assortimentida pishiriqlar, piroglar, desertlarning tayyor yechimlari, shuningdek sizning tadbiringizga mos bo‘lgan istalgan konfiguratsiya va dizayndagi tortni shaxsan buyurtma qilish imkoni mavjud. Qandolatchilik uyi yetkazib berish asosida ham, yoqqan desertlardan qahvaxonada qarindosh va yaqinlaringiz davrasida bahramand bo‘lish imkonini ham taqdim etadi. 

Qandolatchilik uyi 16 noyabr 13:30 dan boshlab to‘rtinchi filialning ochilish marosimini biz bilan baham ko‘rishingiz uchun barchangizni taklif qiladi va quyidagi manzilda kutib qoladi: Amir Temur xiyoboni, 96. (Mo‘ljal: "Bodomzor" metro liniyasi)

Aloqa uchun raqam: (93) 588 15 15 (yagona Call-markaz)

Instagram: instagram.com/cremona.uz

Facebook: facebook.com/cremona.uz

Telegram: t.me/Cremonacakes

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid