Özbekiston Xalq ta'limi vazirligi va sobiq deputat Qobil Dösov örtasidagi sud jarayoni nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Fuqarolik işlari böyiça Çirçiq tumanlararo sudi 16 noyabr kuni Xalq ta'limi vazirligining da'vo arizasini qanoatlantiriş töğrisida hal qiluv qarori çiqardi.
Qaror mazmuniga köra, endi Qobil Dösov ijtimoiy tarmoqlarda XTVga nisbatan aytgan gaplari uçun raddiya berişi va uzr söraşi lozim.
Dösov va uning advokatlari qabul qilingan qarordan norozi ekanligi va apellyatsiya şikoyati kiritişlarini ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, Qobil Dösov ijtimoiy tarmoqda videoçiqiş qilib, Xalq ta'limi vazirligi tizimini tanqid qilgan, öz sözlarida tizim mutasaddilariga nisbatan 10–15 marta «xoin» sözini işlatgan. XTV öz navbatida buni taşkilotning işçanlik obrösiga putur yetkaziş, deb baholab, raddiya beriş va uzr söraş talabi bilan sudga da'vo arizasi kiritgandi.












