Bloger Qobil Do‘sov 5 yilga qamaldi
Qobil Do‘sov tuhmat, haqorat qilish hamda yolg‘on xabar berish jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga sud hukmi bilan 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Hukmda Qobil Do‘sovning Facebook’dagi profili hamda Telegram’dagi kanali faoliyati to‘xtatilib, bloklanishi ham belgilangan.

Foto: Kun.uz
Bloger Qobil Do‘sovga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Qobil Do‘sovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan. Jinoyat ishi JIB Shayxontohur tuman sudi sudyasi A.Mirzaxanov raisligida birinchi instansiyada ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmiga muvofiq Qobil Do‘sov 5 nafar jabrlanuvchiga (Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddi va mas’ullari, Chirchiq shahri IIB Probatsiya bo‘limi katta inspektori) nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 237-moddasi (yolg‘on xabar berish) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Qobil Do‘sovga jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudining 2025 yil 24 fevraldagi hukmi bilan tayinlangan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun uzil-kesil 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Shuningdek, Qobil Do‘sovning Facebook’dagi profili hamda Telegram’dagi kanali faoliyati to‘xtatilib, bloklanishi belgilangan.
Qobil Do‘sov JIB Chilonzor tuman sudining 2024 yil 22 noyabrdagi hukmi bilan haqorat qilish jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi. JIB Yashnobod tuman sudining 2025 yil 24 yanvardagi ajrimiga muvofiq Qobil Do‘sovga nisbatan tayinlangan va o‘talmay qolgan 11 oy 2 kun ozodlikni cheklash jazosi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilib, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Bundan tashqari, JIB Arnasoy tuman sudining 2025 yil 24 yanvardagi hukmi bilan Do‘sovga 1 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘radi
O‘zbekiston | 12:06
-
Bu sodir bo‘ldi: AQSh tarixda ilk marta Eronga zarba berdi
Jahon | 11:58
-
Eron BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 11:39
-
Eron AQSh hujumidan keyin Isroilga raketalar uchirdi
Jahon | 11:03
Mavzuga oid

09:31 / 21.05.2025
Bloger Qobil Do‘sov ustidan yana bir sud ishi bo‘lib o‘tmoqda

21:14 / 24.02.2025