Özbekistonda xizmat körsatgan artist Klara Jalilova 82 yoşida vafot etdi. Bu haqda «Özbekkino» Milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Döstlik» ordeni sohibasi Klara Jalilova 1937 yilda Toşkent şahrida tavallud topgan. Aktrisa faoliyatini qöşiqçilikdan boşlagan. 1958 yilda suratga olingan «Maftuningman» filmidagi boş qahramon — Yulduzxon obrazi aktrisaga olamşumul maşhurlik olib kelgan.
Klara Jalilova «Çinor ostidagi duel», «Kelinlar qözğoloni», «Kulol va xumça», «Sönggi lahza» kabi filmlarda ham esda qolarli obrazlar yaratgan.
Kun.uz marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.








