Ayni vaqtda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining töqqizinçi yalpi majlisi videokonferensaloqa tarzida bölib ötmoqda. Majlis Youtube portalida ham onlayn tarzda berib borilmoqda.
Senatorlar tomonidan yalpi majlis kun tartibidagi masalalar körilayotgan vaqtida minglab foydalanuvçilar xalqimizni qiynab kelayotgan gaz va elektr energiyasi muammosiga e'tibor qilişni talab qilib izoh yozmoqda.
Masalan, foydalanuvçilardan biri senatorlarga «Blogerlar va xalqning tanqidlariga ham e'tibor berasizlarmi?» – deya savol berdi.
Yana bir foydalanuvçi esa, davlat kambağallikni qisqartira olmayotgani, balki oşib ketganini yozgan.
Şuningdek, yuzlab yurtdoşlarimiz «Elektr yöq, gaz yöq» – deya yuzlab izoh yozişgan va amaldorlarni şunga e'tibor qilişga çaqirmoqda. Yana bir foydalanuvçi şunday yozadi: Hurmatli senatorlar elektr masalasini ham körib çiqinglar. Urgut tumanida juda köp elektr öçmoqda, nahot uçinçi renessans davrida aholiga elektr berilmasa?


Bundan taşqari, senat yalpi majlisida hukumat vakillariga berilayotgan savollar oldindan kelişib olingani ham taxmin qilinmoqda.


Xalq tomonidan söralayotgan muhim masalalar:
- Sovuqda qaqşatib, gaz va svet yöq;
- Gaz bizning qişloqda orzu;
- Uni-buni qöyinglar, gaz-svet yöq. Xalqqa foydangiz şumi?
- Va'dalarga işonib gaz kelişini 25 yil kutdik;
- Andijon viloyati hokimi, senator Şuhrat Abdurahmonovning ketma-ket 3 ta haqoratga töla audiosi çiqdi. Senat nimadir çora köradimi?















