Rasmiy idoralarning xabar berişiça, jabrlanuvçilarning barçasi Atlantika okeanining bir hududida baliq ovlaşgan. Kasallaniş holatlaridan keyin uşbu hududda baliqçilikka vaqtinça taqiqlov kiritilgan hamda suv namunalari tahlil uçun olingan. 

Ma'lum qilinişiça, kasallanganlar tanasi qasmoq bilan qoplanib, ular butun tana böylab kuçli qiçima va köz açişişidan aziyat çekişmoqda. Ularning ta'kidlaşiça, tananing okean suvi bilan ta'sirlaşgan joylari köproq jarohatlangan. 

Bunday alomatlarga ega barça kişilar okeanning xavfli hududi yaqinida joylaşgan Ryufisk şahrida yakkalanadi. Ularni joylaştiriş uçun şahardagi stadion ajratilgan. 

Sentabr oxirida Rossiyaning Kamçatka yarimorolida özini sohilga otgan dengiz jonzotlarining ommaviy nobud bölişi kuzatilgandi. Mahalliy mutaxassislar ifloslangan suv hududidagi 10-15 metr çuqurlikda yaşovçi organizmlarning 90 foizdan köproği nobud bölgani haqidagi xulosaga kelişgan. Şuningdek, mahalliy syorfçilar okeanda suzgandan keyin köz açişişi va köngil aynişdan şikoyat qilişgan.

Uşbu hodisaning aniq sababini bilişga muvaffaq bölinmagan, tekşiruvlar davomida suvda neft mahsulotlari yoki raketa yonilğisi izlari aniqlanmagan, jabrlanuvçilarda esa zaharlaniş qayd qilinmagan. Asosiy taxminga köra, dengiz jonzotlarining ommaviy nobud bölişiga tabiiy hodisalar, zaharli suvötlar sabab bölgan bölişi mumkin.