Yoşlar işlari agentligi va BMTning “Farğona vodiysi yoşlarining ijtimoiy uyğunligi” qöşma loyihasi Andijon, Namangan va Farğona viloyatlaridagi yoşlar orasida “JustStart” hududiy startaplar uçun akseleratsiya dasturini amalga oşirişni e'lon qiladi.

Dastur Farğona vodiysidagi 16 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlarning öz bizneslarini boşlaş va tadbirkorlik könikmalarini rivojlantirişlarida nazariy va amaliy yordam körsatişga möljallangan bölib, unda yetakçi biznes trenerlar va ekspertlar yordamida biznes ğoyadan sarmoyagaça bölgan bosqiçlarning barça sir-asrorlari örgatiladi. Iştirokçilarda axborot texnologiyalari, fan, ekologiya, qişloq xöjaligi, xotin-qizlar tadbirkorligi kabi turli sohalarni rivojlantiriş böyiça kerakli bilim oliş imkoni paydo böladi. 

Uşbu dastur doirasida jamoalar orasidan eng yaxşi deb topilgan 10 ta loyihaga 5000 AQŞ dollari miqdorida beğaraz grant taqdim etiladi.

Dastur tört oy davom etadi va şu muddat içida iştirokçilarga muayyan ğoyani yaratişdan tortib startap loyihasini işlab çiqiş, hamda boşlanğiç mablağni (kiçik grantni) olgunga qadar bosqiçlardan ötiş imkoniyati beriladi.

Loyiha davomida jamoalar yurtimizdagi turli muassasalar va işlab çiqariş korxonalariga onlayn taşrif buyuriş uçun ajoyib imkoniyatga ega böladilar. Bundan taşqari, ular ilğor tadbirkorlar, malakali mentorlar va yetakçi mutaxassislardan onlayn maslahat va foydali fikr-mulohazalar olişadi. Bunday qimmatli maslahatlar yordamida esa jamoalarning öz biznes ğoyalarini amalga oşiriş va kiçik grantlarga ega böliş imkoniyatlari yanada ortadi.

Köplab talablarga binoan tanlovda iştirok etiş uçun arizalar 23 noyabr soat 23:23 gaça www.jusstart.uz veb-saytida qabul qilinadi. Unda faqat Farğona vodiysi (Andijon, Farğona va Namangan viloyatlari şaharlari va tumanlari) da yaşovçi yoşlar iştirok etişlari mumkin. Dasturda qanday iştirok etiş, loyihani tanlaş mezonlari va iştirokçilarga qöyiladigan talablar töğrisidagi axborotni uşbu havoladan olişingiz mumkin.

Instagram: @jusstart.uz

Facebook: jusstart.uz

Telegram: jusstart