AQŞda çop etiluvçi nufuzli Time jurnali öz talqiniga köra 2020 yilning eng yaxşi ixtirolarini ma'lum qildi. Yakunlanayotgan yilning eng yaxşi ixtirosi uçun boş mukofotni kökrak saratonini taşxislaş uçun möljallangan ixçam qurilma loyihasi oldi.
Time nihoyalab borayotgan 2020 yilga yakun yasaşni boşladi. Naşr joriy yilda paydo bölgan eng yaxşi 100ta ixtiro röyxatini tuzdi. Röyxat 21 noyabrda naşr saytida e'lon qilindi.
Röyxatni tuzişda jurnalning butun dunyodagi muharrirlari va jurnalistlari iştirok etgan. Tanlovda iştirok etiş uçun arizalar onlayn şaklda qabul qilingan, söngra har bir nomzod bir qator körsatkiçlar, jumladan öziga xoslik, samaradorlik, sanoatga ta'siri böyiça baholangan.
Naşr saytida ixtirolar ekologiya, salomatlik, gajyetlar va şu kabi yönalişlar böyiça saralangan. Ixtirolar orasida köplab antiqa ixtirolarni uçratiş mumkin.
Röyxatga kiritilgan e'tiborni tortuvçi ixtirolar sifatida yolğiz kişilar uçun möljallangan robot-it, jismoniy maşğulotlar uçun virtual reallik közoynaklari, uy planetariysi, smartfon uçun dezinfektor funksiyasiga ega quvvatlaş dok-stansiyasi, tiş pastasi uçun ekologik qadoq, aqlli asalari uyasini aytiş mumkin.
Naşr tuzgan röyxatda oddiy odamlar hayotda töqnaş kelişi dargumon bölgan ixtirolar ham talaygina, biroq ular orasida köplab ommalaşgan gadjetlar ham bor.
2020 yil ixtirolari orasida virus va bakteriyalardan himoyalovçi mis kurtka, 90 daraja burçakka buriş mumkin bölgan Samsung The Sero televizori, elektr bolalar aravaçasi, quruvçilarga gaplaşişga, video yozişga imkon beruvçi va atrofdagi xavfli materiallardan ogohlantiruvçi “aqlli” kaska, 88 km/soat tezlik bilan yura oladigan va standart avtomobil qöyiş joyining bor-yöği çorak qismini egallovçi kiçik ölçamli City Transformer elektromobili bor.
Şuningdek, röyxatda noutbukka aylanuvçi Microsoft Surface Duo smartfoni, suvni ultrabinafşa nurlar bilan 60 soniyada virus va bakteriyalardan tozalovçi qurilma, inson fikrlarini öqiy oluvçi Lab AlterEgo qurilmasi, bor-yöği 2 sm qalinlikka ega LG televizori, yuviş mumkin bölgan va zararli moddalardan 99,6 foizga himoyalovçi yuz niqobi, yurak qisqarişlari çastotasi, uyqu sifati va tana haroratini ölçovçi “aqlli” uzuk kabi ixtirolarni ham uçratiş mumkin.

Foto: Time

Foto: Time

Foto: Time

Foto: Time

Foto: Time


Foto: Time












