Chilonzorda eksperiment tariqasida gaz ulanmagan 48ta xonadon 5 kun elektrsiz qoldi
Chilonzor tumanining Sharof mahallasida joylashgan, tajriba tariqasida tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan ko‘p qavatli uy 5 kun davomida elektr energiyasidan ham uzilib qoldi. Aholi murojaatidan so‘ng, uyga vaqtinchalik elektr liniyasi tortib berildi.
24 noyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani sektor rahbarlari sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Sayyor qabulda tumanning Sharof mahallasi fuqarolari o‘zlari yashayotgan ko‘p qavatli uydagi 48 ta xonadonda 5 kundan buyon elektr energiyasi yo‘qligini ma'lum qildi.

«Mahallamizdagi bir nechta uy eksperiment uchun tanlab olingan: gaz ulanmagan, hamma narsa elektrda. Bu uylarda elektrsiz hayot to‘xtaydi – na choy icha olasiz, na ovqat yeya olasiz...
Bugun beshinchi kun, svetsiz o‘tiribmiz. Yoqishadi, otib yuboradi; yoqishadi, yana otib yuboradi. Elektr tarmoqlariga murojaat qildik. «Bu bizning ishimiz emas, «JEK»ning ishi», deyishdi. «JEK»dagilar kelib ulashsa, yana otib yuboryapti. Shu uydagi 48 ta xonadan elektrsiz o‘tiribdi», – deydi fuqaro Dilfuza Mirzaahmedova.
Chilonzor tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Bahodir Xolboyevning izohlashicha, hozirgi sharoitda elektr energiyasiga talab oshishi oqibatida kuchlanish yuzaga kelib, qisqa tutashuv yuz bergan.

«Murojaat qilishgan zahoti brigadamiz bilan kelib, vaziyatni o‘rgandik. Muammo yer ostidan o‘tgan simlarda ekanini aniqlab, aholi chiroqsiz qolib ketmasligi uchun vaqtincha sim bilan ulab berdik. Ko‘p o‘tmay, bu sim ham erib ketdi. Besh marta uladik, ammo baribir oradan biroz o‘tib, yana shu holat takrorlanyapti.
Orada qayerdadir sim erigan va yopishib qolgan. Buning uchun butun uydagi elektr bilan bog‘liq simlarni tekshirib chiqish kerak. Shu nuqta topilgach, muammoni hal qilish mumkin. Bu – bitta bizga bog‘liq holat emas. Biz shu xonadongacha bo‘lgan joyda tegishli yordamni beramiz, lekin uy ichida xizmat ko‘rsatishga haqqimiz yo‘q. Muammo esa uy ichida bo‘lishi mumkin.
Bu uyga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati javob berishi, fuqarolar ulardan talab qilishlari lozim. Shirkatlar ham o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaramasdan, aholiga qulaylik yaratishda yordam berishsa, yaxshi bo‘lardi.
Bu muammoni o‘z vaqtida bartaraf qilish kerak. Biz ulab beryapmiz, ammo yong‘in chiqishi ham mumkin. Chunki shirkatning energetikaga mas'ul xodimi buni qabul qilishga tayyor emas», – dedi Chilonzor tuman HETK rahbari.

Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov sayyor qabulda muammo shu kuniyoq hal qilinishi lozimligini aytdi.
Murojaatchi fuqaro Dilfuza Mirzaahmedovaning 26 noyabr kuni Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, 24 noyabrdagi sayyor qabuldan so‘ng shu kuni xonadonlarga vaqtinchalik elektr liniyasi tortib berilgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
-
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
Jamiyat | 23:22 / 25.04.2025
-
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi
Jahon | 23:00 / 25.04.2025
-
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33 / 25.04.2025
Mavzuga oid

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

11:00 / 15.04.2025
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29 / 15.04.2025