Özbekistonda davlat maktabgaça ta'lim muassasalariga navbatda turişda imtiyoz beriladigan bolalar toifasi qisqarişi mumkin. Bu haqda adliya vaziri Ruslan Davletov Facebook ijtimoiy tarmoğidagi «Xalq bilan muloqot» guruhida bölib ötgan onlayn muloqotda ma'lum qildi.

Adliya vazirining sözlariga köra, ayni paytda davlat maktabgaça ta'lim muassasalariga qabul qilişdagi imtiyozlar asossiz ravişda köp hamda bunga çek qöyiş maqsadida hukumatga tegişli qaror loyihasi kiritilgan. Uşbu loyihada imtiyoz faqat nogiron bölgan şaxslarning bolalariga va yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga berilişi nazarda tutilgan.

Ma'lumot uçun, amaldagi tartibga köra, davlat maktabgaça ta'lim muassasalariga navbatga qöyilişda quyidagi toifadagi bolalar ustunlikka ega:

  • nogiron bölgan şaxslarning bolalari;
  • uç nafar yoki undan köp bolalari bölgan oilalarning bolalari;
  • harbiy xizmatçilarning va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining bolalari;
  • talabalar va pedagoglarning bolalari;
  • yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
  • boşqa muassasalardan ötkazilgan bolalar;
  • akalari yoki opalari uşbu muassasaning tarbiyalanuvçilari jumlasidan bölgan bolalar.