Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga ko‘ra, og‘ir atletika bo‘yicha 105 kg vazn toifasida Olimpiya chempioni Ivan Toroxtiy doping tufayli oltin medaldan mahrum qilingan. Oltin medal eronlik Navaf Nosirshalalga, kumush polyak Bartolomey Bonkka nasib etdi. 

Qayd etilishicha, bronza medal o‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinovga nasib qilishi mumkin edi, ammo uning 2019 yil may oyida Londonda o‘tkazgan natijalari bekor bo‘lib, diskvalifikatsiya qilindi. 

Dastlabki natijalarga ko‘ra, beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan yana bir yurtdoshimiz Ivan Yefremov bronza medali sohibiga aylandi.

Ivan Yefremov 1986 yil 9 mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Og‘ir atletika bo‘yicha AQShning Xyuston (2015) va Anaxaym (2017) shaharlarida o‘tkazilgan jahon chempionatlari sovrindori.