Qonunga köra, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga 185-2- va 185-3-moddalari kiritildi. Mazkur moddalar bilan sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida işlatilişi mumkin bölgan buyumlarni olib yuriş va ularning Özbekiston hududidagi savdosi uçun ma'muriy javobgarlik belgilandi.
 
Jamoat joylarida sovuq qurol olib yuriş uçun javobgarlik joriy qiliş töğrisidagi qonun imzolangan kundan boşlab Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan 122ta piçoq olib yuriş bilan boğliq faktlar qayd etildi, şulardan 63 tasi böyiça ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi.

Qayd etilişiça, holatlardan 47tasi böyiça 185-2-modda (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş), 16ta bayonnoma – 185-3-moddaga (Özbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bölişi taqiqlangan aşyolarning qonunga xilof ravişda muomalada bölişi) muvofiq rasmiylaştirildi.

Sud organlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan 59 nafar fuqaroga nisbatan jarima belgilandi, tört nafar fuqarolar ma'muriy qamoqqa olindi.