Ayni vaqtda Toşkent şahridagi issiqlik uzatiş quvurlarining 70 foizdan ortiği – jami 1940 km uzunlikdagi quvurlar avariya holatida. Bu haqda «Toşissiqquvvati» DUK xodimi Ikrom Isakov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ma'lum qildi. Mutasaddi aholiga issiqlik yetkazib beruvçi quvurlarni yangilaş masalasiga töxtalgan.
«Toşkent şahrida jami 2 900 kilometr quvur bor. Undan 72 foizi, ya'ni 1940 kilometrlik qismining muddati ötgan. Muddati ötdi deb 17 yildan ortiq vaqt davomida işlatilgan quvurlarga aytiladi. Ularni almaştiriş lozim. Çunki bundan keyingi davrda avariya xavfi katta böladi.
Hurmatli prezidentimiz şuni inobatga olib 2019 yil 2 dekabrda «Toşkent şahrining issiqlik ta'minoti tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorini imzolagandi. Şu qaror asosida 2021-2022 yillarda Toşkent şahri böyiça 351 kilometr quvurni almaştirişimiz kerak.

Hozirda işlab turgan 20, 30 yillik quvurlar ham bor. Muddati ötib ketişiga birinçi va asosiy sabab – moliyaviy masala. Ularni almaştirişga mablağ kerak. Taşkilotimiz moliyaviy jihatdan özini-özi ta'minlaydi. Şu paytgaça mablağimiz miqdoriga qarab quvurlarni almaştirganmiz. Davlat ham bir qismini moliyalaştirgan, lekin bu juda kam miqdorda bölgan.
Hozirda prezident qarori bilan davlatning moliyaviy qöllab-quvvatlaşi natijasida 2022 yilgaça quvurlarni almaştiriş işlarini olib borişni rejalaştirganmiz. Kelgusi ikki yilda 351 km quvurni yangisiga almaştiriş judayam katta natija böladi. Bu 2021 yilda 150 km, 2022 yilda 201 km degani», deydi korxona vakili.
Ma'lum qilinişiça, ayni paytda «Toşissiqquvvati» DUK tomonidan poytaxtdagi 12 ming 801ta bino va inşootlarga issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.










