Sud işiga jinoyat işlari böyiça Çirçiq şahar sudi raisi Sunnatillo Avloqulov raislik qilmoqda.
Raislik qiluvçi dastlab protsess iştirokçilarini sudlanuvçilar va ularga e'lon qilingan ayblov bilan taniştirdi.
Mazkur jinoyat işida viloyat boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda köp miqdordagi mablağni özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 209-modda 2-qismi «a» bandi (takroran sodir etilgan mansab soxtakorligi), 25-167-modda 3-qismi «a» bandi, 207-modda 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) va 207-modda 3-qismi «a» bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş odam ölimiga olib kelişi) bilan ayblanmoqda.

Yana tört nafar şaxsga Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayblov e'lon qilingan.
Jumladan, Şerzod Rözimetov va Jahongir Ziyodullayevlar 116-modda 3-qismi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam ölimiga sabab bölişi), 228-modda 2-qismi «a, b» bandlari (takroran va bir guruh şaxslar tomonidan hujjatlarni qalbakilaştiriş) va 228-modda 3-qismi (hujjat qalbakiligini bila turib, undan foydalaniş)









