Davlat xaridlari portaliga joylaştirilgan kelişuv bitimiga köra, buyurtmaçi va pudratçi kompaniya örtasida şu yilning 24 mart kuni tuzilgan 56 milliard sömlik şartnomaga Jizzax viloyati hokimining tegişli farmoyişi bilan qöşimça va özgartişlar kiritilgan.
«Mazkur obekt böyiça Özbekiston boş vazirining 2020 yil 10 fevraldagi 4-sonli yiğiliş bayoniga asosan «Diamond» köp tarmoqli xususiy firmasi boş pudratçi etib belgilangan», — deya ma'lumot berilgan 25 noyabr kuni tasdiqlangan kelişuv bitimida.
Ta'kidlanişiça, 168 örinli maktab qurilişi uçun Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasidan 20 milliard söm ajratiladi. Şuningdek, mahalliy budjet mablağlari hisobidan 17 milliard 940 million söm, qolgan pullar esa davlat budjetidan qoplanişi nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, «Diamond» Jizzax viloyati hokimligining katta zali, oşxona va mehmonxona majmuasini mukammal ta'mirlaş va jihozlaş bilan şuğullanadi. Viloyat hokimining 25 noyabrdagi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan tender komissiyasi qarori bilan qariyb 31 milliard sömlik iş «Diamond» köp tarmoqli xususiy firmasiga nasib etgan.
Kompaniya uşbu obektni 2020 yilning 25 dekabrigaça topşirişi şart. Ta'mirlaş va jihozlaş işlarining grafigiga muvofiq, «Diamond» 7,2 milliard sömlik mebel va jihozlar, bundan taşqari 7,3 milliard sömlik isitiş va ventilyatsiya tizimini yetkazib beradi.
Oçiq ma'lumotlar bazasiga köra, «Diamond» köp tarmoqli xususiy firmasining ustav kapitalidagi barça uluş Odiljon Qodirovga tegişli. Kompaniya rahbari esa Olimjon Qodirov hisoblanadi.
Avvalroq, Toşkent şahar hokimligining «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi yirik qurilişlar uçun pudratçilar bilan tenderlarsiz şartnomalar tuzgani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uçun, «Davlat xaridlari töğrisida»gi Qonunning 59-moddasiga köra, tovarlarning (işlarning, xizmatlarning) qiymati bir şartnoma böyiça BHM (bazaviy hisoblaş miqdori)ning yigirma beş ming baravari – 5 mlrd 575 mln sömdan ortiq miqdorni taşkil etganda, davlat xaridi tender ötkaziş yöli bilan amalga oşiriladi.











