Toşkent şahridagi davlat budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan loyihalar buyurtmaçisi – Toşkent şahar hokimligining «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi yirik quriliş obektlarini tajribasiz, taşkil etilganiga köp bölmagan xususiy quriliş kompaniyalariga tendersiz topşirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Unda uşbu kompaniya tomonidan poytaxtda turli inşootlarni quriş, infratuzilma, yöl va kommunal tarmoqlar barpo etiş, ta’mirlaş kabi buyurtmalar töğridan töğri, asosan hukumat hujjatlari bilan xususiy kompaniyalarga taqdim etilgani haqida ma’lum qilingan.

«Olaver, davlat qaşşoqlaşib qolmaydi!»

Hukumatning 2020 yil 11 iyundagi 292-sonli, 2020 yil 23 iyuldagi 337-sonli va 2020 yil 9 sentabrdagi 401-sonli farmoyişlariga asosan:

Toşkent şahar hokimligining «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK va «Power Construction Planet» MÇJ (avvalgi nomi Discovery Invest) kompaniyasi (kompaniyaning 66,9 foiz uluşiga muqaddam Akfa Engineering Management kompaniyasida direktor örinbosari va direktor lavozimlarida işlagan Ismoil Isroilov egalik qiladi) örtasida:

  • Arxitektura institutining uçta binosini quriş uçun jami 167 mlrd sömlik;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mirzo Uluğbek tumani bölimi binosini quriş va jihozlaş uçun 17,9 mlrd sömlik;
  • Raqamli Toşkent situatsion markazini quriş uçun 100,2 mlrd sömlik;