Bu haqda «Nezavisimaya gazeta» Rospotrebnadzor Markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Vasiliy Akimkin hamda «Medvestnik» naşri maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

Epidemiyaning generalizatsiyalaşgan bosqiçi infeksiya tarqalişi alohida yuqori xavf guruhlari bilan çeklanmay, keng aholi qatlamlarida ham kuzatilişini anglatadi.

Institutning OITS profilaktikasi va unga qarşi kuraş bölimi yetakçi ilmiy xodimi Natalya Ladnayaning maʼlum qilişiça, yangi holatlar soni barqaror kamayayotgan bölsa-da, OIV infeksiyasi bilan boğliq umumiy muammo yengillaşayotgani yöq.

Bir yilda 45 ming yangi holat

Keltirilgan maʼlumotlarga köra, 2025-yilda Rossiyada 45 mingta yangi OIV holati aniqlangan. Bu 2024-yilgi körsatkiçdan 13,4 foiz kam.

Ayni paytda, «Nezavisimaya gazeta» yozişiça, Rossiyaning 2027-yilgi byudjet loyihasida dorilar uçun ajratilişi közda tutilgan qöşimça mablağlar OIV aniqlangan yana 30 ming kişini qamrab olişga möljallangan.

Ladnaya Rossiyada OIV bilan yaşovçilar orasida yiliga 30–34 ming ölim qayd etilayotganini bildirgan. «Medvestnik» bu körsatkiçni öta yuqori deb baholagan.

Virus yuklamasini bostiriş körsatkiçi past

Ladnayaning maʼlumotiga köra, 2025-yil oxiriga kelib Rossiyada OIV bilan yaşovçilarning faqat yarmida virus yuklamasi bostirilgan.

Davolanayotganlar orasida esa bu körsatkiç 77,9 foizni taşkil etgan. Xabarda keltirilgan xalqaro maqsadli körsatkiç - kamida 95 foiz.

Tibbiyot muassasalarida ham yuqiş holatlari qayd etilgan

Rospotrebnadzorning aholi epidemiologik osoyiştaligi boşqarmasi rahbari Yelena Igonina 2025-yilda tibbiy yordam körsatiş vaqtida OIV va gepatit yuqişi bilan boğliq sakkizta öçoq aniqlanganini maʼlum qilgan. Bu sönggi 15 yildagi eng yuqori körsatkiç ekani aytilgan.

Uşbu öçoqlarda jami 104 bemorga infeksiya yuqqan. Xabarda ularning qançasida OIV, qançasida gepatit aniqlangani alohida körsatilmagan.

Igonina bunday holatlarning asosiy sababi sifatida sanitariya-epidemiologiya talablari buzilişini keltirgan. Jumladan, individual foydalaniş uçun möljallangan kateterlar yoki qondagi qand miqdorini ölçaydigan glyukometrlar bir neçta bemorda işlatilgani qayd etilgan.