1 avgust kuni Oliy Majlis Senatining majlisida 90 kun yoki undan ortiq muddat çet elda bölib qaytgan özbekistonliklar va xorijliklarni OIV infeksiyasiga majburiy tibbiy körikdan ötkaziş töğrisidagi qonun ma’qullandi.
Senator Gulnora Marufova sözlariga köra, qonun bilan «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib çiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalişiga qarşi kuraşiş töğrisida»gi, «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi va «Aholi bandligi töğrisida»gi qonunlarga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Jumladan, uzluksiz 90 va undan ortiq muddat davomida çet elda bölib qaytgan 18 yoşdan oltmiş yoşgaça bölgan Özbekiston fuqarolari, Özbekiston hududida doimiy yaşaydigan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar hamda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekistonga kirib kelayotgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni majburiy ravişda OIV infeksiyasiga tibbiy tekşiruvdan ötkaziş belgilanmoqda.
Şuningdek, Özbekiston fuqarolari va Özbekistonda doimiy yaşaydigan fuqaroligi bölmagan şaxslar majburiy tibbiy tekşiruvdan davlat budjeti mablağlari hisobidan, mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekistonga kirib kelgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar hamda Özbekistonda doimiy yaşaydigan çet el fuqarolari esa öz mablağlari, iş beruvçining yoki qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa mablağlar hisobidan ötkazilişi nazarda tutilmoqda.
Bundan taşqari, OIV/OITS va sil kasalligi aniqlanişi Özbekiston hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berişni rad etiş uçun asos bölişi belgilanmoqda.
Senator agar kasallik öz vaqtida aniqlanib nazoratga olinmasa, natijada kasallanganlar soni ikki baravarga köpayişi mumkinligini qayd etdi. Ma’lumotlarga köra, 2025 yil 1 iyul holatiga köra, Özbekistonda OIV bilan yaşovçi 51087 nafar şaxs rasman röyxatga olingan.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi va imzolaş uçun prezidentga yuborildi.

















