Qayd etilişiça, 5 noyabr kunidan 2 dekabrgaça bölgan davr içida şahar IIBB tomonidan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 185-2- (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş”) va 185-3-moddalari (“Özbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bölişi taqiqlangan aşyolarning qonunga xilof ravişda muomalada bölişi”) böyiça 541ta bayonnomalar rasmiylaştirildi. 

Sud 50 nafar huquqbuzarlarga nisbatan ma'muriy qamoq jazosini belgilagan. Qolgan şaxslar sud organlari tomonidan aybdor deb topilib, jarimaga tortildi.

“Hurmatli fuqarolar! Kelişmovçilik holatida piçoq qöllaş – raqibingizdan ustunligingizning körsatkiçi emas, aksinça, agar siz piçoq qöllasangiz, soğlom fikrlaş qobiliyatingiz yöqligini namoyiş etgan bölasiz. Bir söz bilan aytganda, zaifligingiz şu darajaga yetgan böladiki, faqat birovga jismoniy şikast yetkazibgina bahsda yengişingiz mumkinligini namoyiş etasiz”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.