Meta va TikTok kompaniyalari Özbekiston rasmiylarining noqonuniy deb topilgan kontentlarni öçirişga doir sörovlarini 80-90 foizga “ijobiy” hal etmoqda. Telegram va Youtube'da esa bu samaradorlik pastroq, deya ma’lum qildi AOKA direktori örinbosari Dilşod Saidjonov. Agentlik özbek tilidagi qöpol va haqorat sözlarni jamlab, bu sözlar Facebook va Instagram'da paydo bölmasligi böyiça Meta bilan işlamoqda.
10 iyun kuni Toşkentda Mass-media fondi va Meta kompaniyasi hamkorligida «Yoşlar va ösmirlarda ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalaniş madaniyatini şakllantiriş» mavzusida davra suhbati ötkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda qatnaşgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinçi örinbosari Dilşod Saidjonov berilgan savolga javoban agentlikning Meta bilan hamkorligiga töxtaldi.
«Meta bilan birga yaqindan işlayapmiz. Biz, AOKA internetning özbekzamon segmentida işlatiladigan, «ban» kategoriyasiga kiradigan qöpol va haqorat sözlarning har xil variantini yiğib çiqdik. Bitta narsani tan olişimiz kerak, [haqorat sözlarni] yozayotganlarning fantaziyasi juda keng ekan. Yiğilgan sözlar soni rosa oşib ketdi. Ular har xil variatsiyada: kirillça, lotinça, aralaş va inglizça… Ta’lim darajasidan kelib çiqib, kimdir töğri yozadi, kimdir xato yozadi. Ular yiğilganda bu sözlarning hajmiga özimiz ham hayron böldik. Ulardan hatto bitta luğat yasasa ham bölarkan.
Hozir bu yönalişda Meta bilan işlayapmiz. Meta özining sun’iy intellekti bilan birgalikda bizga yordam beradi. Meta platformalari – Facebook va Instagram'da bu sözlar paydo bölmasligi exey yordam berişga va’da berişdi. Aminmizki, bu hamkorlik juda zör meva beradi», dedi Saidjonov.
Uning aytişiça, Meta vakili bilan örnatilgan doimiy aloqa orqali AOKA yuborgan sörovlarning qariyb 80 foizi «ijobiy» hal qilingan. Boşqaça aytganda, Meta kompaniyasi Facebook va Instagram'da Özbekiston rasmiylari noqonuniy deb hisoblagan kontentlarning katta qismini öçirib taşlamoqda.

«Biz monitoring olib boruvçi organ bölganimizdan keyin, bizga bu ekstremizm holatlari Instagram'da ham, Facebook'da ham juda yaxşi körinadi. Meta bilan biz zör platforma qildik, ya’ni bu mavzudagi murojaatlarimizni juda tez hal qilib berişadi.







