Prezidentning 2020 yil 6 oktyabrdagi «Özbekiston Respublikasida örmon xöjaligi tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi PQ-4850-son qarori ijrosini ta'minlaş doirasida 2021 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar hududlari kesimida «yaşil qoplamalar» barpo etiş hajmlari belgilangan.
 
Bunda jami rejalaştirilgan 560 ming gektar yer maydonining 375 ming gektarida örmonzor barpo etiladi. Qoraqalpoğiston Respublikasidagi örmon fondi yerlari va Orol dengizining suvi qurigan hududlarida, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Orolböyi hududlarida 172 ming gektar hamda boşqa hududlardagi örmon fondining toğ, vodiy va töqay yerlarida 13 ming gektar maydonga daraxtlar ekiladi.
 
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklariga Örmon xöjaligi davlat qömitasi va DSQ huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda respublika hududlarida örmonzorlar barpo etiladigan maydonlarni xatlovdan ötkaziş va örmonzorlarning xaritasini işlab çiqiş vazifasi topşirildi.
 
Örmonzorlar barpo etiş uçun zarur bölgan qöşimça yer maydonlari doimiy foydalaniş huquqi asosida davlat örmon fondiga beriladi.
 
Quyidagilar moliyalaştiriş manbalari hisoblanadi:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika budjetining, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari mahalliy budjetlarining prognozga nisbatan oşirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablağlar;
  • yuridik va jismoniy şaxslarning, şu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari;
  • Orolböyi mintaqasi uçun Inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik trast jamğarmasi (BMT) mablağlari.
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.

Hujjat 26.11.2020 yildan kuçga kirdi.