Taqdimotda iqlim özgarişi, suv tanqisligi, yerlarning degradatsiyasi va çöllaniş Özbekiston hamda butun Markaziy Osiyo uçun dolzarb ekologik muammolardan biri ekani ta’kidlandi. Mamlakat hududining qariyb 80 foizi çöl va yarim çöllardan iborat bölib, ayniqsa Qoraqalpoğiston, Buxoro, Navoiy, Xorazm, şuningdek, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatining ayrim hududlarida bu jarayon kuçayib bormoqda.

2026–2030 yillarga möljallangan rejaga köra, 1,27 million gektarda yangi örmonlar barpo etiş va mavjud örmonzorlarni qayta tiklaş, şuningdek, çöl, toğ va toğoldi hududlarida 16 ming gektar himoya örmonzorlari yaratiş közda tutilgan. Bundan taşqari, Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar yaşil qoplama barpo etiş, Sirdaryo viloyati çegara hududlarida 84 kilometrlik «yaşil devor» taşkil qiliş hamda degradatsiyaga uçragan yerlarda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş taklif etildi.

Prezident çöl hududlarini faqat ekologik muammo sifatida emas, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlar manbai sifatida köriş zarurligini ta’kidladi. Şu maqsadda «çöl iqtisodiyoti»ni rivojlantiriş, galofit ösimliklar yetiştiriş, çöl ösimliklari uruğçiligi va köçatçiligini yölga qöyiş, yaylovlar mahsuldorligini oşiriş, çorvaçilik, ekologik turizm va ilmiy tadqiqotlarni kengaytiriş böyiça taşabbuslar ilgari surildi.

Şuningdek, Qoraqalpoğistonda çöl ösimliklari köçatxonalarini taşkil etiş, Orol dengizining qurigan tubida ilmiy ekspeditsiyalar ötkaziş, qurğoqçilikka çidamli ösimliklar va uruğlar böyiça mintaqaviy bank yaratiş hamda xalqaro moliya institutlari va xususiy investitsiyalarni jalb qiliş masalalari ham muhokama qilindi.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, çöllanişga qarşi kuraşiş, yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş hamda ekologik barqarorlikni ta’minlaş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.








