«Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiriş böyiça hamkorlikdagi komissiya bilan birgalikda işlandi. Bu jarayonda juda çuqur, atrofliça tahlillar ötkazildi. Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvçi sifatida kiriş jarayoni boşlanyapti.
Bu jarayonlarda qaysi darajada mamlakat iqtisodiyotiga ham ijobiy, ham salbiy tomonlari yoki ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda böladigan muammolar yoki özgarişlar, talab qilinadigan xarajatlar – bularning hammasi tahlil qilinib, örganib çiqilib, kuzatuvçilik maqomi mana şu örganişlarga yanada kengroq imkoniyat berişi ta'kidlandi va şunday qarorlar qabul qilindi», dedi Odiljon Iminov AOKAda davlat va jamiyat qurilişini takomillaştiriş masalalari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, Prezident Şavkat Mirziyoyev yanvarda parlamentga yöllagan Murojaatnomasida uşbu masala hukumat tomonidan parlament muhokamasiga kiritilişi va xalq vakillari bilan batafsil körib çiqilişini ma'lum qilgan edi. Mart oyining boşlarida esa Özbekiston YeOIIga kuzatuvçi-davlat maqomida qöşilişi ma'lum bölgandi.
May oyida Senat köpçilik ovoz bilan Özbekistonning kuzatuvçi davlat sifatida Yevropa ittifoqi bilan hamkorligini ma'qullagandi. 71 senator bunga qöşilişini bildirgan, 16 kişi qarşi ovoz bergan, 4 kişi esa betaraf qolgandi.
17 noyabr kuni Senat raisi örinbosari Sodiq Safoyev Atlantika kengaşidagi çiqişi davomida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölişi jamoatçilik orasida YeOIIga a'zo bölişdan köra kamroq bahslarni yuzaga keltirayotganini ma'lum qilgandi.







