«Eng birinçi holat – bu maktab şahodatnomasini oliş jarayoni. Şu paytgaça bitiruvçiga maktab şahodatnomasi qoğoz şaklda berilardi. Hujjat berilişi maktab arxividagina qayd etilardi, heç qanday elektron bazasi bölmagan. Hujjat haqiqiyligini biliş uçun inson omili qatnaşişga majbur bölgan.

Usmon Şarifxöjayev

Bu yil şahodatnomalar elektron şaklda berilganidan keyin muammolar qisman bartaraf etildi. Elektron tizim şakllantirilganidan keyin hujjatni soxtalaştiriş holatlariga örin qoldirilmaydi va korrupsiyaga bu yerda çek qöyiladi.

Keyingi holat bolani maktabga qabul qiliş jarayoni bölib, ota-onalar va maktab ma'muriyati bilan korrupsion holatlar kuzatilyapti. Ota-onalar maktabda biron bir jihatdan qoniqmasa, imkon qadar öziga yoqqan yöl (pora beriş)ni tanlab olişga urinişadi.

Bu yil Toşkent şahrida tajriba-sinov yuzasidan 1-sinfga qabul uçun qabul.maktab.uz platformasi orqali onlayn navbat tizimi şakllantirildi.

Şuningdek, bolani 1-sinfga qabul qiliş yoşi böyiça tuşunmovçiliklar köp böladi. Bu tizimning aniq qonuniy tartibi mavjud emas edi. Şu sababli ota-onalar bolalarini ertaroq – 6 yoşdan maktabga berişga va korrupsion holatlarga yöl qöyişi mumkin.

Bunga çek qöyiş uçun şu yili yangi qabul qilingan «Ta'lim töğrisida»gi qonunda bola 7 yoşga töladigan yilda 1-sinfga qabul qilinişi mumkinligi aniq belgilab qöyildi.

Navbatdagi oğriqli holat – pedagog-kadrlarning toifa olişidir. Joylarda toifadan ötiş uçun röyxatdan ötiş, hujjatlarni taqdim qiliş inson faktori – maktab direktori, örinbosari, tuman xalq ta'limi bölimi mudiriga boğliq bölib qolmoqda. Bunda qoğozbozlik kuçli bölgani uçun bevosita korrupsiyaga yöl oçilyapti.

Toifa olganlik töğrisidagi sertifikat oliş ham juda murakkablaştirib yuborilgan. Kim sertifikat olişi inson omili bilan boğlangan. Toifa olişni şaffoflaştiriş uçun öqituvçi töğridan töğri ta'lim inspeksiyasiga ariza topşiriş tizimini yölga qöyiş rejamizda bor. Toifa oliş uçun onlayn ariza topşiriş tizimi keyingi yildan iş boşlaydi.

Maktab direktorini lavozimiga tayinlaş.