Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zoohimoyachilar Keniyada noyob jirafa turlarini qutqarib qolishdi
Qutqaruv xizmati xodimlari Keniyada toshqinlar oqibatida suv ostida qolgan Longicharo orolida qolib ketgan 8 Nubiya jirafalaridan birini qutqarib olishdi.
Qutqaruvchilar oldida oradagi timsohlarga to‘la daryo uzra yana bir necha jirafa va insonlarni xavfsiz yerga ko‘chirib o‘tkazish vazifasi turibdi.
Orolda shu hafta olib o‘tilishi nazarda tutilgan Syuzan va Pasaka laqabli ikki yosh jirafa bor. Yana 5 bosh voyaga yetgan jirafalar keyingi yilning boshlarida olib kelinadi.
Keniyaning ushbu hududida kuchli jalalar ko‘p bo‘lib turadi. Natijada Baringo ko‘lidagi suv sathi bir kunda 15 santimetrgacha ko‘tarilishi mumkin.
«Yaxshi natijalar haqida orzu ham qilmagandik. Endi qolgan jonivorlarni ham qutqarib olishni intizorlik bilan kutyapmiz. Bu hayvonlar qachonlardir Keniya va Ugandada yashagan shimol jirafalarining avlodlari bo‘lmish Nubiya jirafalaridir. Hozir Afrikada bunday jirafalardan 3000 bosh qolgan, Keniyada esa 800 bosh atrofida», degan Dallasdagi Save Giraffes kompaniyasi prezidenti Devid O’Konnor Britaniyaning «Deyli meyl» nashriga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
22:34 / 18.07.2026
Hakerlar Keniya prezidenti saytini buzib kirishdi va pul talab qilishdi
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
10:05 / 17.03.2026
Keniya TIV: keniyaliklar endi Ukrainadagi urushga yollanmaydi
14:36 / 27.02.2026