Jo Baydenning öğli Hanterga nisbatan "soliq işlari" böyiça suriştiruv boşlandi. Suriştiruvni Delaver federal prokuraturasi olib bormoqda, deb xabar berdi CNBS.
“Keça Delaverdagi prokuratura maslahatçi yuristimga mening soliq işlarimni tekşirayotganini ma'lum qilganini bildim. Bu mavzuga juda jiddiy qarayman, ammo işonamanki, uşbu mavzuning professional va xolisona tahlili işlarimni qonuniy va tegişli tarzda olib borganimni körsatadi”, — dedi Hanter Bayden.
Öz navbatida, CNN suriştiruv Hanter Bayden va uning şeriklari tomonidan Rossiya va boşqa davlatlarda, asosan Xitoyda biznes yuritişda soliq qonunçiligi buzilişi va pul yuvilişi ehtimoli böyiça olib borilayotganini ma'lum qildi.
Fox News telekanalining öz manbasiga tayanib xabar berişiça, kiçik Bayden keng tarkibdagi hakamlar jalb etilgan suriştiruv obektiga aylangan.
Şu bilan birga, tergovçilarning Jo Baydenga nisbatan e'tirozlari yöqligi aytilmoqda. Manbalarning sözlariga köra, suriştiruv 2018 yilda boşlangan.













