AQŞ prezidenti Jo Baydenning öğli Xanter Bayden öqotar qurolni noqonuniy saqlaşda ayblandi. Bu haqda Delaver ştati federal sudiga 14 sentabr, payşanba kuni taqdim etilgan ayblov xulosasida aytilgan.
Ikki holat kiçik Baydenning 2018 yilda Colt Cobra 38 revolverini sotib oliş uçun blankalarni töldirişda giyohvand moddalar iste’mol qilmasligi haqida yolğon ma’lumot bergani bilan boğliq. Uçinçi bandda aytilişiça, öşa yilning oktyabr oyida u 11 kun davomida giyohvand moddalar ta’sirida bölgan hamda bu davrda qurolni saqlab kelgan.
Umuman olganda, Xanter Bayden barça ayblovlar böyiça 25 yilgaça qamoq jazosi olişi, şuningdek, 750 ming dollar jarimaga tortilişi mumkin. Bu AQŞ amaldagi prezidentining öğli yoki qizi birinçi marta jinoiy javobgarlikka tortilişidir.
Xanter Baydenning advokati mijozi heç kimga tahdid solmaganini ma’lum qildi
Xanter Baydenning advokati Ebbi Louell ayblov xulosasini siyosiy sababga ega deb atadi. «Kutilganidek, prokurorlar uşbu iş böyiça beş yillik tergovdan söng olti hafta oldin asossiz deb hisoblagan ayblovlarni bugun qözğatdi, - dedi Louell. - Bu iş böyiça dalillar sönggi olti hafta içida özgarmadi, lekin qonun özgartirilgan, şuningdek, MAGA respublikaçilari (Make America Great Again, «Amerikani yana buyuk qilamiz» - AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning saylovoldi şiori) tomonidan jarayonga noqonuniy aralaşuv».
«11 kun davomida öqsiz qurolga ega bölgan Xanter Bayden jamoat xavfsizligiga tahdid solmadi, ammo siyosiy bosimga berilib ketgan prokuror bizning adliya tizimimizga jiddiy tahdid solyapti», dedi advokat öz bayonotida.
Xanter Baydenning aybini tan oliş böyiça kelişuv muvaffaqiyatsiz tugadi
Xanter Baydenga nisbatan tergov 2018 yildan beri davom etmoqda, öşanda u Colt Cobra 38 revolveriga noqonuniy egalik qilgani va bu faktni yaşirib, giyohvand moddalarni iste’mol qilgani ma’lum bölgan. Bundan taşqari, amaldagi prezidentning öğli 100 ming dollardan ortiq soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda gumonlangan.
Kiçik Bayden 2023 yilda soliq tölaşdan böyin tovlaganlik va noqonuniy qurol saqlaş aybini tan olişga rozi böldi. Sudgaça bölgan kelişuv unga haqiqiy qamoq jazosidan qutulib qolişga yordam berişi kerak edi. Iyul oyida okrug sudi sudyasi Meriellen Noreyka uni imzolaşdan boş tortgani uçun kelişuv amalda buzilgani ma’lum böldi. Sud hujjatda «nostandart şartlar» mavjud deb hisobladi va tergov davom etayotgan epizodlar böyiça Baydenga immunitet berişi mumkin. Bitim buzilganidan söng, Bayden öz aybini tan olişdan voz keçdi.













