AQŞ prezidenti Jo Baydenning öğli - Xanterga nisbatan tergov olib borayotgan prokuror Devid Vays maxsus prokuror maqomini oldi, deya xabar berdi 11 avgust, juma kuni adliya vaziri Merrik Garland.
«Şu haftaning seşanba kuni janob Vays menga, uning fikriça, tergovni maxsus prokuror sifatida davom ettirişi kerak bölgan bosqiçga yetganini ma’lum qildi. U öziga şunday maqom tayinlanişni söradi. Uning iltimosini körib çiqib, şuningdek, uşbu iş bilan boğliq istisno holatlarni hisobga olgan holda, men uni maxsus prokuror etib tayinlaş jamiyat manfaatlariga mos degan xulosaga keldim», - deya Garlandning sözlarini keltiradi CNN.
Bu tayinlov Vaysga oddiy prokurorga qaraganda köproq vakolat va Adliya vazirligidan köproq mustaqillik beradi, deya qayd etadi CNN. «Janob Vaysga tergovni davom ettirişga, özi xohlagan tergov harakatlarini amalga oşirişga va istalgan okrugda jinoiy iş qözğatişga qaror qilişga ruxsat beriladi», dedi Garland. Telekanal manbalariga köra, Oq uy Vays maqomi oşirilişi haqida oldindan bilmagan.
Xanter Baydenning aybini tan oliş böyiça kelişuv muvaffaqiyatsizlikka uçradi
Xanter Baydenga qarşi tergov 2018 yildan beri davom etmoqda, öşanda u Colt Cobra 38 revolveriga noqonuniy egalik qilgani va bu faktni yaşirib, giyohvand moddalar iste’mol qilgani ma’lum bölgan. Bundan taşqari, amaldagi prezidentning öğli 100 ming dollardan ortiq soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda gumon qilingan.
2023 yilda Bayden soliq tölaşdan böyin tovlaş va noqonuniy qurol saqlaş böyiça aybini tan olişga rozi böldi. Sudgaça bölgan kelişuv unga haqiqiy jazo muddatidan qutulişga yordam berişi kerak edi. Iyul oyida okrug sudi sudyasi Meriellen Noreyka uni imzolaşdan boş tortgani sababli, tergov bilan kelişuv buzilgani ma’lum böldi. Sud unda «nostandart şartlar» mavjud va Baydenga tergov davom etayotgan epizodlarda immunitet berişi mumkin, deb hisobladi. Kelişuv buzilganidan keyin Bayden aybini tan olişdan boş tortdi.
Vays maxsus prokuror lavozimiga kötarilganidan söng, tomonlar yangi kelişuv böyiça kelişa olmaganini va endi Xanter Bayden taqdiri katta ehtimol bilan jinoiy sudda hal qilinişini ma’lum qildi.













