Davlat amaldorlarining xorijda aktivlar sotib olişini tartibga soliş vaqti keldi, deb bayonot berdi Aksilkorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxonov. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

«Noqonuniy boylik orttiriş yoki mansabdor şaxslarning çet ellarda mol-mulklarni xarid qilişi masalalari tartibga solinmagan. Bugungi kunda davlat xizmatçisi bölgan xohlagan mansabdor şaxs çet elda bank hisobraqamini oçişi va istalgan mol-mulkni sotib olişi mumkin. Bularni ham tartibga soliş vaqti keldi, deb öylaymiz», – dedi Burxonov 9 dekabr kuni jurnalistlarga bergan intervyusida.

Agentlik rahbarining qayd etişiça, ayni paytda «E-antikor» platformasi ustida iş olib borilmoqda.

«Şu platformada korrupsion jinoyatlarga qöl urib, javobgarlikka tortilgan şaxslarni har bir soha kesimida oçiqlaşni rejalaştirganmiz. Har olti oyda yoki muayyan davriy oraliqda bu ma'lumotlarni internetga joylab boramiz.

Buning vaqti keldi va eng asosiysi, vazirlik-idoralarning özlari ham bunga – sohalarini tozalaşga tayyor.

U yoki bu davlat idorasida bitta korrupsion xatti-harakat bölsa, butun tizim nufuziga putur yetişini rahbarlar tuşunib yetişdi. Bugungi kunda korrupsiyaviy xatar yuqori bölgan sohalarning rahbariyati ham, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar ham mana şunday jinoyatga qöl urganlarni oçiq-oydin körsatişga tayyorligini bildiryapti», – dedi u.

Akmal Burxonov Özbekistondagi qaysi sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori ekanini ham ma'lum qildi.

«Hozir biz tadqiqotlar ötkazyapmiz. Ya'ni har bir sohadagi korrupsiya zanjirini, qaysi sohalarda eng köp korrupsiya xavfi mavjudligini örganyapmiz. Albatta, ijtimoiy sohada korrupsiyaviy xavf-xatarlar eng köpligini köryapmiz.

Afsuski, u yoki bu sohada işlaydiganlarning oyliklari kam bölsa, öşa yerda korrupsion xavf-xatarlar köproq uçramoqda. Umuman, sohalar tanlab olingan. Bu – doim aytib kelinadigan ta'lim, soğliqni saqlaş, quriliş va pandemiya davrida eng köp korrupsiya alomatlari kuzatilgan davlat xaridlari sohalaridir.

Biz bu muammolarni örganyapmiz. Kuni keça Oliy Majlis Qonunçilik palatasida amaldagi qonun hujjatlariga davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlik masalasi kiritildi, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.