2019 yilning fevral oyida prezident Şavkat Mirziyoyevning davlat taşrifi bilan Turkiya davlatida bölişi, öz navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelişi ikki musulmon davlatlari örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamladi.

Şundan söng tomonlarning huquq-tartibot idoralari rahbarlari ham bir neça bor işçi uçraşuvlari ötkazib, hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş, birgalikda xalqaro terrorizm hamda uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşişga kelişib oldi.

Ikki davlat örtasida “Özbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi örtasida ekstraditsiya töğrisidagi bitim” imzolanib, kuçga kirdi.

Mazkur bitimga köra, endilikda tomonlar öz hududida aniqlangan va boşqa tomon tarafidan qidirilayotgan şaxslarni bir-birlariga uşlab beriş majburiyatini öz zimmasiga oladilar.

Ta'kidlanişiça, hozirda maxsus xizmatlar örtasida işçan ruhdagi muloqotlar davom etayotgan bölib, kelgusida Turkiya hududida bölgan köplab xalqaro qidiruvdagi Özbekiston fuqarolarini mamlakatga ekstraditsiya qiliş rejalaştirilmoqda.