Tonggi odatlar kun davomidagi samaradorlikka ta'sir körsatadi.

Muvaffaqiyatli insonlar haqida gap ketganda ular qat'iy kun tartibiga rioya qilişi, kunni yaxşi ötkaziş uçun muayyan odatlarga amal qilişi ta'kidlanadi. Xöş, bular qanday odatlar?

Quyida öz sohasida muvaffaqiyatga erişgan yetti nafar tadbirkorning samarali böliş uçun kunni qanday boşlaş, qaysi odatlardan voz keçiş kerakligi haqidagi tavsiyalari keltirilgan.

Zangsoatni «yana beş daqiqa»ga surib qöymang

Tongda «töyib uxlab olişga uriniş» va zangsoatni «yana beş daqiqa uxlab olay» degan bahona bilan surib qöyiş – muvaffaqiyatli biznes liderlar heç qaçon qilmaydigan odat.

«Muvaffaqiyatli odamlar orasida zangsoatni surib qöyuvçilarni uçratmaysiz. Bu özingizga berilgan va'dani – muayyan soatda uyğonişga qilingan ahdni buziş demak. Muvaffaqiyatli insonlar esa va'dani, ayniqsa, öziga berilgan va'dani bajariş samaradorlikning asosiy omili ekanini bilişadi», – deydi Birdsong ta'sisçisi va boş direktori Monika Snayder.

Uyğongan zahoti telefon titkilaşni bas qiling

Kunni yaxşi boşlaş va keraksiz narsalarga çalğiş örtasidagi farq fikr tiniqligi, diqqatni jamlaş va rejalaştirişdadir. Uyqudan uyğongaç qilinadigan eng zararli odatlardan biri bu – qölga telefonni oliş, elektron poçtani, ijtimoiy tarmoqlarni, yangiliklarni tekşirişdir», – deydi Common Giant asosçisi Filip Okli.

Bunaqa işlarning barçasi öz belgilangan vaqtida qilinişi kerak.

Kunni rejasiz boşlamang

«Kun davomida qilinadigan işlar rejasini tuziş tadbirkorlar uçun muhim odat», deb hisoblaydi GTIF Capital hamkori Devid Çen.

Işlarni rejalaştiriş ijobiy energiyani saqlab qolişga va stressga tuşmaslikka yordam beradi, vaqtni tartibga soladi.

«Yangi iş kunida qanday vazifalar borligini aniq biliş muhim. Rejali kun rejasiz kundan köra ança samaraliroqdir», deydi Çen.

Jismoniy faollik

MonsterInsighs hammuassisi Kris Kristoff muntazam ertalabki jismoniy maşqlar nafaqat jismoniy va ruhiy holatni yaxşi saqlaş, balki işda samarali bölişga ham yöl oçişini ta'kidlaydi.