Yevroparlament Bryusseldagi sessiyasida Yevropa ittifoqining 7 yillik budjetini tasdiqladi. Koronavirus pandemiyasidan keyin tiklaniş böyiça çoralarni öz içiga olgan budjet qiymati 1,8 trln yevroni taşkil qiladi.  

Yevrokengaş tomonidan dekabr boşida ma'qullangan budjet Yevroparlament tomonidan köpçilik ovoz bilan qabul qilindi.

2021-2027 yillarga möljallangan budjetning asosiy qismi 1,074 trln yevroni taşkil qiladi va köp sohalarning moliyalaştirilişini öz içiga oladi. Yana 750 mlrd yevro Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarga koronavirusga qarşi kuraşga ajratiş közda tutilgan. 

Budjetda, şuningdek, Yevropa ittifoqining 10ta muhim dasturiga, jumladan soğliqni saqlaş, “yaşil iqtisodiyot” va hujjatlarni raqamlaştirişga ötiş uçun qöşimça 15 mlrd yevro ajratilişi közda tutilgan. Yevropa parlamenti prezidenti Devid Sassoli uşbu budjetni “tarixiy ondagi tarixiy budjet” deb atadi va u “ekologik tozaroq va adolatli Yevropaga” asos solişini aytdi.

Yevroparlament, şuningdek, qöşimça Umumevropa soliqlarini kiritiş böyiça yöl xaritasini qabul qildi. Bu soliqlardan olinadigan mablağlar töğridan töğri Yevropa ittifoqi budjetiga tuşadi. Jumladan, plastik çiqindilarga 2021 yildan, raqamli kompaniyalarga 2023 yildan va moliyaviy tranzaksiyalarga 2026 yildan soliq kiritişga kelişilgan.