Hodisa yuzasidan dastlab öşa vaqtdagi Içki işlar vaziri örinbosari Doniyor Toşxöjayev izoh berib, köçkiga davomiy yomğir sabab bölgani, yomğir suvlari kotlovan oldida suv haydaş uçun qurilgan lotok va beton tösiq orasidagi tuproqni yumşatib yuborgani va yer öpirilib tunnelni bosib qolganini ma'lum qilgandi.

Şundan söng, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligi ham hodisa yuzasidan ma'lumot berib, avariya oqibatida 250 kub metr tuproq öpirilib tuşganini bildiradi.

Öşa kunlarda davlat taşrifi bilan Yaponiyada bölib turgan prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriği bilan avariya oqibatlarini bartaraf etiş böyiça hukumat komissiyasi tuziladi. Komissiyaga boş vazir örinbosari, transport vaziri Oçilboy Ramatov rais etib tayinlanadi. Komissiyaga sodir bölgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida örganiş, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etiş, jabrlanganlar va ularning oila a'zolariga yordam körsatiş hamda boşqa bir qator vazifalar yuklanadi.

18 dekabr kuni yarim tungaça davom etgan qidiruv işlari davomida 5 işçining jasadi tuproq ostidan çiqarib olindi, 19 dekabr kunining birinçi yarmida yana bir jasad olib çiqildi va hodisa qurbonlari soni 6 nafarni taşkil etdi. Qurbonlarning tört nafari Qaşqadaryo viloyatidan (Davronbek Abdullayev, Oybek Abdullayev, Jonibek Ravşanov, Anvar Diyorov), ikki nafari esa Samarqand viloyatidan (Zarif Karimov, Ixtiyor Rahmatov) bölgan.

Quriliş işlariga mas'ul bölgan «Özbekiston temir yöllari» qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirib, bu oilalarga 100 million sömdan tovon puli ajratilib, tölab berilganini ma'lum qildi. Bundan taşqari, marhumlarning dafn marosimlarini ötkazişda ularning oila a'zolariga har tomonlama kömak körsatiş haqida topşiriq berilgani aytiladi.

Kun.uz ijodiy jamoasi ham Qaşqadaryo va Samarqandda yaşagan marhumlarning xonadonlarida bölib, yigitlarning yaqinlari, onalari bilan suhbatlaşgandi.

Bu voqea butun jamoatçilikni qattiq larzaga solgan va bir qança vaqt ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari va blogerlarning sahifalarida motamsaro kayfiyat hukm surgan edi. Barça bir ovozdan aybdorlar jazolanişini talab qilgan, metroning öşa bekatiga «Quruvçilar» nomini beriş taklif qilingandi.