Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olib kiriladigan o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari sinovdan o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining «Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini respublika hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, qaror bilan Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda ushbu sohada qo‘llaniladigan asosiy atamalar keltirilgan, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan yoki xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari ro‘yxatga olinishi shartligi belgilangan.
Hujjat bilan arizani ko‘rib chiqish, kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi belgilangan.
Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari quyidagi idoralar tomonidan ro‘yxatga olish sinovlaridan o‘tkaziladi:
- kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining biologik samaradorligini aniqlash bo‘yicha – Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan;
- toksikologik-gigiyenik xossalarini aniqlash bo‘yicha – Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ruxsat etgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan;
- ekologik xossalarini aniqlash bo‘yicha – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan.
Nizom bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani qayta rasmiylashtirish, dublikatlar berish tartibi;
- kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish tartibi;
- kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomalar reyestrini yuritish tartibi.
Hujjatga ilovalarda kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish uchun arizaning namunasi, taqdim qilinayotgan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining, mineral o‘g‘itlarning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari, ularning toksikologik-gigiyenik ta'rifi to‘g‘risida ma'lumotlarning shakllari keltirilgan.
Hujjat 3.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Binyamin Netanyahu «yaroqsiz» ovqatdan zaharlandi
Jahon | 08:11 / 21.07.2025
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47 / 20.07.2025
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qator hududlarda issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 10:13
-
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
Ta’lim | 10:01
-
“Uzbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025 yilning I yarim yilligi yakunlarini e’lon qildi
O‘zbekiston | 10:00
-
Rossiya muzokaralar raundi arafasida Odessa va Sumiga zarba berdi
Jahon | 09:36
Mavzuga oid

14:24 / 09.06.2025
O‘zbekiston florasida fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi

08:50 / 16.05.2025
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

11:29 / 05.04.2025
Malayziya O‘zbekiston kimyo sanoatida uchta loyihaga investitsiya kiritishi mumkin

14:21 / 13.03.2025