Saidqahhor Xolxöjayev 1981 yilda Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida tuğilgan. 2002 yilda Toşkent Moliya institutini tamomlagan.

U öz faoliyatini 2002 yilda «Asaka» bank Şayxontohur filialida boşlab, 2015 yilda şu bank tizimida turli lavozimlarda işlagan. 2015-2017 yillarda Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy rivojlantiriş, tarkibiy özgartirişlar, bank va moliya tizimlarini isloh qiliş, erkin iqtisodiy va kiçik iqtisodiy sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari yiğma axborot-tahlil departamenti Bank va moliya tizimlarini isloh qiliş şu'basining Bank va moliya tizimlarini isloh qiliş masalalari böyiça boş mutaxassisi lavozimida işlagan.

2017-2019 yillarda «Özagrosuğurta» AJ boşqaruvi raisi sifatida faoliyat körsatgan.

U 2019 yil martida Markaziy bank raisiga örinbosar bölgandi.